Apple nogironlar emoji to’plamini taqdim qilishi mumkin

Apple nogironlar emoji to’plamini taqdim qilishi mumkin

Apple kompaniyasi yaqinda imkoniyati cheklangan insonlar va ularning do’stlariga foydali bo’lishi maqsadida yangi emoji taklifini “Unicode konsortsiumi” ga jo’natdi. Mazkur emojilar orqasida yo’lboshchi it, hassa ushlagan kishini, quloqdagi eshitish apparatini, protezlar va nogironlar aravachasidagi kishilarni topishingiz mumkin.

Apple hujjat ishlab chiqish chog’ida AQShning “Amerikaning ko’zi ojizlar jamiyati, Miya falaj jamg’armasi va Karlar milliy assotsiatsiyasi kabi tashkilotlar bilan hamkorlik qildi.

Hujjat mualliflarining ta’kidlashicha, zamonaviy emojilar keng tanlov beradi, lekin har doim ham nogironlar tomonidan duch kelgan narsani ifoda qilib bera olmaydi. Emojilar orasida turli xillikni ko’paytirib, har kimga yordam berish mumkin.

Unicode konsortsiumi yaqinda 2018-yilning ikkinchi yarmida smartfonlarda paydo bo’ladigan 157 yangi emojilarni tasdiqlagan. Ushbu to’plamga qizil sochli kishilar, shuningdek, ayol superkahramonlar va turli xil teri ranglari kiradi.

Unicode konsortsiumi texnik komissiyasi Apple taklifini ko’rib chiqishi haqida hali ma’lum emas.

63

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social