Apple Shazamni sotib oldi

Apple Shazamni sotib oldi

Apple Shazam xizmatini rasman sotib oldi. Bugungi kunda Shazam qo’shiq nomlari va mualliflarni aniqlaydigan eng mashhur xizmatdir. Endilikda xizmat ko’rsatishda muhim o’zgarishlarni amalga oshirishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi. Bunda mobil ilovalardagi reklamani butunlay olib tashlash nazarda tutilgan. .

“Apple va Shazam uzoq vaqtdan beri hamkorlik qilmoqda. Shazam App Store-da dunyodagi musiqa ixlosmandlari tomonidan ishlatiladigan dastlabki dasturlardan biridir. Shuning uchun biz foydalanuvchilarga yoqqan musiqalarni qidirish va tinglashning yangi usullarini ochishdan hursandmiz”, dedi Apple Music ning vitse-prezidenti Oliver Shusser.

Statistikaga ko’ra:

– Shazam dasturi butun dunyoda 1 milliarddan ziyod yuklab olingan;

– Foydalanuvchilar kuniga 20 milliondan ortiq musiqa qidirishadi.

Apple Shazamni 2017-yilning dekabrida sotib olish niyatini e’lon qilgan edi. Ma’lumotlarga ko’ra, Apple kompaniyasi xizmatni taxminan 400 million dollar evaziga sotib olgan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social