Aqllingizni tekshirish uchun quyidagi 5 savolga javob bering

Aqllingizni tekshirish uchun quyidagi 5 savolga javob bering

Kognitiv ko’zgu testi (Cognitive Reflection Test) Yele universitetining professori Shein Frederick tomonidan yaratilgan. Mazkur test IQ test qilish uchun eng qisqa sinov hisoblanadi, u shuningdek, shaxsning impulsiv yoki aksincha, aqliy psiko turga tegishli ekanini aniqlashga imkon beradi.

O’zingizni tekshirishga tayyormisiz? Quyida 5 ta vazifa taqdim etiladi. Javoblaringizni yodda tuting yoki yozib qo’ying va keyin natijalarni muhokama qilamiz. Omad tilaymiz!

1. Bir fermer otni 60 dollarga sotib oldi va uni 70 dollarga sotdi. Keyin otni $ 80 evaziga qayta sotib olib, keyin yana 90 dollarga sotdi. Bu olib-sotuv paytida fermerning sof foydasi qanday bo’ldi?

2. Uyda 2 kubik xona bor: mehmonxona va ofis. Mehmonxonaning maydoni ofisnikidan 4 barobar kattaroq. Agar ofis devorlarining balandligi 3 metr bo’lsa, mehmonxona devorlarining balandligi qancha?

3. Qizil va qora avtomobillar birgalikda 190,000 dollar turadi. Qizil mashina qora rangliga qaraganda 100,000 dollar qimmatroq turadi. Qora avtomobilning narxi qancha?

4. Qurbaqa 30 metrli chuqurga tushdi. Har kuni u 3 metrgacha ko’tarilib, kechga yaqin 2 metr pastga qaytib tushadi. Qurbaqa chuqurdan necha kun ichida chiqib ketadi?

5. Botir 6 kun davomida bir bochka suv ichadi. Maryam huddi shu bochakani 12 kun ichida ichadi. Ular mazkur bochkadagi suvni necha kun davomida birgalikda ichishlari mumkin?

Javob berishga tayyormisiz?

1. Intuitiv ravishda siz $ 30, $ 10 yoki hatto $0 deb javob berishingiz mumkin. Ammo to’g’ri 20 dollar hisoblanadi. Formula oddiy:

-60 + 70 – 80 + 90 = 20

2. Kublar bilan ishlayotganimizdan va uy devorlarining balandligini bilganimiz uchun uning maydoni 9 kvadrat metr ekanligini hisoblash oson. Mehmonxona 4 barobar kattaroq, shuning uchun biz 9-ni 4-ga ko’paytiramiz va 36 kvadrat metrga egamiz. Va to’g’ri javob: mehmonxona devorlarining balandligi 6 metr.

3. Agar siz 90,000 dollar deb javob bersangiz, sizning sezgingiz siz bilan yana bir marta hazil qilgan 😉 To’g’ri hisoblashlar quyidagicha: qora avtomobilning narxi 45,000 dollar, qizilning narxi esa 145,000 dollar, ularning orasidagi farq esa 100,000 dollarni tashkil etadi.

4. Har bir narsa juda oddiy ko’rinishi mumki: 30 kun. Ammo, aslida, u 28-kunda chiqadi, chunki kunduz kuni u 3 metr masofani bosib o’tib, 28-kunida u oxirgi 2 metrni o’tirshi kerak bo’ladi.

5. Sezgi sizga “9” deb javobni maxsus hisoblarsiz aytib berishingiz mumkin, ammo vazifaga diqqat bilan e’tibor bering: shartlarga asoslanib, Botir har kuni 1/6 bochka suv ichsa, Maryam esa 1/12 ichadi. Ular birgalikda ichadigan kunlar soni X bilan belgilanadi va oddiy tenglama hosil bo’ladi:

1/6 + 1/12 = 1/x

3/12 = 1/x

1/4 = 1/x

To’g’ri javob x = 4 bo’lsa, shuncha kun davomida ular bir bochka suvni birga ichishadi.

Siz nechatasiga to’g’ri javob berdingiz?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social