AQSh dagi komp`yutersiz maktab

AQSh dagi komp`yutersiz maktab

Yuqori texnologiya markazi hisoblangan AQSh ning Koliforniya shtatida ishlovchi ishchilarning farzandlari planshetlarsiz va noutbuklarsiz ta`lim olmoqdalar. eBay kompaniyasinning texnik direktori o`z farzandlarini shaxsiy komp`yuter va noutbuk bilan jixozlanmagan maktabga jo`natmoqda. Shunday yo`lni shtatning boshqa yirik kompaniyalari: Google, Apple, Yahoo, Hewlett-Packard xodimlari ham tanlashgan. Yuqori texnologiya markazida mashxur bo`lib borayotgan ushbu maktab Waldorf of the Peninsula deb nomlanadi.

Maktab juda oddiy ko`rinishga ega – doska va rangli qalamlar, entsiklopediya kitoblari, tokchalar, taxtali partalar, daftarlar va qalamlar bilan jixozlangan. Ushbu maktabda zamonaviy texnologiyalarga bog`liq bo`lmagan uskunalardan foydalanishadi: ruchkalar, qalamlar, tikish ignalari va ba`zi paytlarda hatto loydan ham foydalanishadi.

Dunyodagi barcha maktablar zamonaviy uskunalar bilan jixozlanishga harakat qilayotgan bir davrda, bu kabi yangiliklar noodatiy yangilik deb qabul qilinarkan. Hozirgi kunda hatto bir qancha davlatlarda o`quv muassasalarini zamonaviy texnologiyalar bilan ta`minlamaslik – tentaklik deb aytishmoqda. Ammo qiziq qarama-qarshi fikr kremniy o`lkasida bo`lmoqda, axir kremniy o`lkasi yuqori texnologiyalar markazi hisoblanadi. U erda ota-onalar va o`qituvchilarning aytishlaricha: maktab va komp`yuterlar bir biriga bog`liq emas.

Axborot texnologiyalarsiz ta`lim tarafdorlarining aytishlaricha, komp`yuterlar – ijodiy fikrlashni, harakatlanishni, insoniy munosabatlarni va diqqatni jamlashga qiyinchilik tug`dirishi mumkin ekan. Ularning ta`kidlashlaricha farzandlarini zamonaviy uskunalar bilan tanishtirish va ulardan foydalanishni o`rgatish uchun uylarida keraklicha vaqt va imkoniyat bo`larkan.

Davlat muassasalarda o`qitish metodika haqida 12 kitob yozgan, Furman universiteti o`qituvchi-professori Pol Tomasning fikricha, ta`lim jarayonida komp`yuterlardan kamroq foydalanish kerak ekan. Uning aytishicha “Ta`lim – bu birinchi navbatda insoniy hayajonlar, tajriba ortirish. Qachonki savodxonlik, sanash qobiliyati va kritik holatlarda o`ylash lozim bo`lgan vaqtlarda texnologiyalar insonni faqat chalg`itadi”.

Maktablarda komp`yuterlardan foydalanmaslik tarafdori bo`lgan ota-onalar hayron qolishmoqda, nima uchun bolalarni texnologiyaga o`rgatish uchun shoshilish kerak. Axir hozirgi kunda bu juda oson bo`lib qolganku. Zamonaviy texnologiyadan foydalanish bu bir oddiy tish tozalashni o`rganish dek bo`lib qolgan. Kremniy o`lkasi rahbari mister Igl ning aytishicha – biz Google va shunga o`xshash yirik kompaniyalarda texnologiyalarni foydalanish uchun juda sodda qilib yaratmoqdamizki, farzandlarimiz hatto o`sib katta bo`lganlarida ham o`rganib olishlari qiyin bo`lmaydi.

O`quvchilarning aytishlari bo`yicha esa, ular o`zlarini zamonaviy texnologiyalardan uzilib qolgan deb hisoblashmas ekan. Ular vaqti vaqti bilan uylarida kino ko`rishadi, komp`yuter o`yinlarni ham o`ynashadi. Hatto ular o`z ota-onalarini har hil moslamalarga bog`lanib qolganlarini ko`rib xafa bo`lisharkan.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    bechara bolalar (((

  2. Nodir

    Nega bechora bo’lishadi, qaytangi shuni yaxshi

  3. Исмингиз

    тугрида мактабдан ташкари пайтда технология ичида юрган боллар холанг холаман мактабдан ташкари жойда хар кандай замонавий технологиягя дуч келишади

  4. Sayora

    Man o’zim o’qtuvchiman. Aynan bollarga mana shunda o’qish usulu, bolaring rivolanishiga va o’tgan mavzularni yodda saqlshga juda ham katta yordam beradi.

  5. AFRUZ

    Sayora opa o’qituvchi sifatida sizni xurmat qilaman. balqi shunday usul sizning davringizda bulgandi, lekin xoz boshqa zamon. texnikasiz o’qish rivojlanishi bulmaydi Opajon!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social