AQShda “Uyda yolg‘iz” filmidagi Makkalisterlarning uyi ijaraga beriladi

AQShda “Uyda yolg‘iz” filmidagi Makkalisterlarning uyi ijaraga beriladi

AQShda “Uyda yolg‘iz” filmidagi Makkalisterlarning uyi ijaraga berilmoqda. Airbnb saytidagi bu haqidagi e’lon Kevin Makkalisterning katta akasi Bazz nomidan yozilgan.

“Mavsumni Makkalisterlar uslubida kutib oling. Tarixda birinchi marta shumtakalarning bir jamoasi “Uyda yolg‘iz” hikoyasi boshlangan uyda bayramni nishonlashi mumkin. Makkalisterlar ta’tilga ketgan vaqtda Bazz tunni o‘z bolaligi o‘tgan uyda o‘tkazadi”, — deb yoziladi xabarda.

Chikagoda joylashgan uyda ikkita yotoqxona, Wi-Fi, televizor va kamin bor. Xonalari Rojdestvoga mos bezatilgan uyni faqat bir kun — 12-dekabrda ijaraga olish mumkin. Uni 7-dekabrdan 25 dollarga band qilish mumkin bo‘ladi. Yangi ijarachilarni Bazz rolini ijro qilgan aktyor Devin Retrey kutib oladi.

Ijarachilarga, shuningdek, “Kevinning tuzoqlari” va “Chikagoning eng yaxshi pitssasi” taklif qilinadi. Bundan tashqari, ular Disney+ striming platformasida 2021-yil noyabrdan paydo bo‘lgan “Uyda yolg‘iz” kinofranshizasining “Home sweet home alone” nomli remeykini ham tomosha qilishi mumkin bo‘ladi. Uy ijarasidan tushgan mablag‘lar Chikagodagi La Rabida bolalar shifoxonasiga xayriya qilinadi.

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Lobar

    kiss yawirdim 6wa yerda good

  2. Dinara

    25 bir kechasi? na’muncha arzon? qanaqadir podvox bormi?

  3. Malika

    cool cool cool cool cool cool

  4. Jamol

    mening eng yaxwi k6rgan kinoim!

  5. Aziza

    kiss laugh

  6. M

    olaman, kim boradi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social