Avtobuslarni onlayn tarzda ko`rsatuvchi VIA.UZ mobil ilovasi taqdim etildi

Avtobuslarni onlayn tarzda ko`rsatuvchi VIA.UZ mobil ilovasi taqdim etildi

“VIA Tashkent” korxonasi tomonidan Toshkent shahri jamoat transporti yo`lovchilari uchun avtobuslarning bekatlarga kelishini onlayn tarzda ko`rsatib turuvchi maxsus informatsion VIA.UZ mobil ilovasi ishga tushirildi deb kun.uz xabar bermoqda.

VIA.UZ dasturi ijtimoiy loyiha bo`lib, yo`lovchilarning jamoat transportini kutish vaqtini tejash hamda jamoat transporti ishini yanada yaxshilashga qaratilgan.

Mobil ilova foydalanuvchilari avtobuslarning bekatlarga kelish vaqtlari bo`yicha ma`lumotlar olishdan tashqari, dastur orqali taklif va mulohazalarini yuborishlari, ushbu sohaga oid yangiliklarni kuzatib borishlari ham mumkin. Unda foydalanuvchi doimiy ravishda avtobuslarga chiqadigan bekatlarni aniqlab olib, kerakli avtobusning kelib-ketish vaqtini kuzatib borishi mumkin. Agarda jamoat transporti haydovchisi yoki chiptachisi tartib-qoidalarni buzsa, deylik bekatlarda to`xtamasdan o`tib ketsa, bu haqda mobil ilova orqali shikoyat yuborishi mumkin.

Loyiha «Toshtransdispetcherxizmat» Unitar korxonasi hamda Toshkent shahar hokimligining yo`lovchi tashishning barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish Departamenti bilan hamkorlikda yaratilgan.

Ilovani Android va iPhone smartfonlariga yuklab olishingiz mumkin.

Manba: Kun.uz

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. jahon

    zor ilova! manga yoqdi. rahmat ma’lumot uchun. eng yoqqan narsa u iOS da xam bor )))

  2. Bahyiyor

    Bu ilovani nominima qanday yuklab olinadi

  3. Otabek

    3TM ilovani nomi hozir, google play yoki app storedan olasiz

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social