Baxt nima?

Baxt nima?

Kimlar o`zini baxtli his qiladi? Boylarmi? O`zi istagan narsalarga erishgan kishilarmi? Atrofimizda ko`pchilik, narsalar insonni baxtli qiladi, deb hisoblaydi. Lekin haqiqatda baxtli bo`lish yoki bo`lmaslikni o`zimiz tanlaymiz. Siz hech gipnozchining ishini kuzatganmisiz? U tomoshabinlar orasidan bir kishini tanlab oladi-da, gipnoz quvvati bilan uni uxlatib, qo`liga aytaylik piyoz beradi. Keyin esa piyozni juda ajoyib, hali tatib ko`rmagan meva deb ta`riflaydi. Gipnoz ta`siridagi odam piyozni juda ishtaha bilan eydi. Juda yaxshi pishgan, chiroyli shaftolini esa, xom va achchiq shaftoli deya ta`riflaydi. Natijada gipnoz ta`sirida uxlayotgan odam, yuzini burishtirib, uni egisi ham kelmaydi.

Bilsangiz, umrimiz davomida har qanday narsalarga ham salbiy munosabatda bo`lamiz, aynan mana shu salbiy munosabatlar bizning baxtli bo`lishimizga to`sqinlik qiladi. Odamlar ko`pincha yomonlikni o`ylamasang, yaxshilik bo`lmaydi, – deyishadi. Ko`pchilik shunday fikrda bo`ladi. Ular hayotdan yaxshilikni kutib, keyin qattiq tushkunlikka tushib qolmaslik uchun, avvaldan yomonlikni kutishadi. Yomonlik sodir bo`lgach, esa hayron bo`lmaydilar, biroq bu holat ularni baxtli ham qilib qo`ymaydi. Hayotdan yomon narsani kutish kerak, degan fikr xato.

Bir yigitcha ruhshunos huzuriga bordi. Ruhshunos unga xonadan jigarrang tusdagi narsalarni sanab berishini aytdi. yigitcha ancha-muncha narsalarni sanab o`tdi. Keyin esa ruhshunos unga ko`zini yumib, yashil narsalarni sanab berishni so`radi. yigitcha ulardan birortasini ham ko`rmaganini aytdi. Tushunayapsizmi? Biz hayotdan nimani ko`rishni istasak o`sha narsalarni ko`ramiz. Holbuki, ruhshunosning xonasida yashil rangdagi predmetlar juda ko`p edi.

yigitcha ularni ko`rishni istamagani uchun ham ko`rmadi. Hayotda ham shunday bo`ladi. Biz hayotdan yomon narsalarni kutganimiz, o`ylaganimiz uchun ham o`sha narsalar ko`zimizga ko`proq tashlanadi. Oqibatda esa uning yonida yaxshilik borligini ko`rmay qolamiz. Hayotimiz davomida yomonlik bilan birga keladigan yaxshilikni ko`rmay, o`zimizni baxtsiz sanab o`tamiz.

Hammaning umumtasavvuriga qaramasdan, tashqaridan qaraganda pul, mashinalar, jihozlar, shuhrat va omad-barchasi ahamiyatsiz. Baxt hayotimizga o`z munosabatimiz tufayli belgilanadi. Shu bois o`zimizni baxtli deb his etishimiz uchun ko`p pul, katta uy-joy yoki tuzukroq ishga ega bo`lish shart emas. Eng zaruri – o`z munosabatimizni o`zgartirish. Aynan shu bir avtorni quyidagi so`zlarni yozishga undadi: «Mamnunlikning negizi aqlda bo`lishi darkor; kimki baxtga intilayotganda inson tabiatini qanchalik kam bilsa,  o`zining fe`l-atvoridan bo`lak hamma narsani o`zgartirmoqchi bo`lsa, o`z umrini bema`ni harakatlarga zavol etadi va qutilmoqchi bo`lgan anduhlarni orttiradi holos. »


Agar siz biror bir ishning natijasi yomon chiqishini kutib bajarsangiz, oqibati qanday bo`lishi ma`lum. Masalan, ko`pchilikning oldida so`zga chiqmoqchisiz. Asabiylashasiz. Bu ishni yaxshi qila olmayman, deb o`ylaysiz. So`zlaringizni esingizdan chiqarib qo`yasiz. Oqibatda bu siz kutganingizday bo`lib chiqadi.  Siz ham bahtli insolardanmisiz? Fikringiz uchun oldindan raxmat.

Kommentlar: 36 komment. 36 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    “бахтли бўлиш ёки бўлмасликни ўзимиз танлаймиз” – мана бунга 100% кушиламан, чунки бахтни хар ким хар кандай тушунади

  2. мадина

    ха тугри бахтли булиш бу узимизга боглик

  3. umid

    baxtni qidiringlar do’stlarim

  4. a

    “бахт бойликда ёки пулда эмас” – буни хаммамиз биламиз ва тушинамизу, лекин нимагадир купчилик буни амалда кимайди. нима сабаб одамла учун биринчи уринда пул, бойлик ёки арзимаган бир буюмлар булиб коган? инсонийлик фазилатлари, мехр окибат деган нарсалар каерга кетди?

  5. Нигора

    гапларизга кушиламан жаноб – а. хакикатдан хам буни купчилик билади, купчилик эштади, ва бу борада гапиришадиям, лекин амалда бу нарсалар четта коб кетади, бази инсонлани бундай ахволга тушиб колишига нима сабаб экин?

  6. Бахром

    а ва Нигора: биззи ураб турган нарсаларга хеч ахамият берганмисиз? Бизни ураб турган мухит бунга мажбур килади, лекин сизлар айтганчали дунё унчалик хам ёмон эмас, манга бу маколадаги бир рухшуносга борган йигит хакидаги хикоя жуда ёкди. Хакикатдан хам, дунёни кандай куришни хохласангиз, уни шундай курасизлар.

  7. нигора

    ха Бахром жуда тугри айтиз!гохида биз бизларни ураб турган нарсаларга хеч ахамият бермимиз! укиш,иш,ташвишлар билан юрамиз!бу нотугри

  8. jasur

    video lekin zor gap yoq

  9. nozima

    xa menga xam video yoqdi,juda tasirli,molodci,maqola xam yomon emas

  10. ASILBEK

    BAHT– bu nimanidur yoqatib, yana shunga ershsangiz shu juda katta bahtdir.misol salomatchilik yoqatib, keyin yahshi bolib ketsayiz sizdan bahtli inson yoq va hakozo…solomatlik vaqtida hech kim buni baht deb oylamaydi yoki korinmaydi…

  11. а

    туппа тугри айтиз АСИЛБЕК! Сиз жуда хаксиз. Купчилик вактларда биз уз саломатлигимиззи хакида уйламай куямиз. Качонки касалланамиз, ёки шамоллаймиз, ана шундагина уз саломатлигимиз хакида кайгура бошлаймиз, холбуки биз саломатлигимиз хакида хар дойим уйлашимиз кере

  12. nilyufar

    ASILBEK togri aytyapsiz, rostdan kasalikdan keyin soglom bulsak buni xech kim baht deb bilmaydi. lekin bu baht, chunki kimdir butun hayotini qanakadir qiyin qasalik bilan qasal buladi!

  13. navruz

    yana bir baxt – bu ota ona! ota onamiz borki, bizzi hayotimiz go’zal! Sen haqqingda qayg’uradigan insonlar borligini har doyim bilasan

  14. Номаълум

    smile туппа тугри

  15. madina

    Муаллиф: navruz – April 6, 2012 siz juda togri gap aytingiz, men 100 foiz kushilaman.

  16. aziza

    salom hammaga, video zor,menga yoqdi!

  17. Низом

    Инсоннинг бахти унинг узига боглик, мен бахтиёрман десангиз бахтли буласиз!

  18. nilyufar

    Муаллиф: Низом – April 10, 2012 siz juda tog’ri aytib o’tingiz! inson o’z bahtini kura olishi kerak!

  19. nozi

    bahtni qidirmanglar, u uzi sizlarni topadi!

  20. Номаълум

    men bahtliman!

  21. dilshodbek@

    bahtli bulsangiz uzizga smile bizni xam urgating bahtli bulishni

  22. Nozi

    Bar4angizniki togri

  23. Sitora

    Baxt avvalo shukronada. Olloh boylikdan ham ota onadan ham farzanddan ham qismagan insonlarni ko’rdim. Lekin ular borini qadrlamagani uchun ham baxtsizlar. Bunday insonlarga achinaman.

  24. Guli

    Sizlar yozganlarni barcasi togri hozirgi odamlar boylika berilib oz akliniham yokotiship koymokda baht bebaho narsaki uni doyim asrap avaylash kerak Bahtga erishganlarham bor erishmaganlar ham bor

  25. Gulru Sipahi

    Bu dunyoda yashayotganimiz ozo bir- BAXT

  26. Sevgi

    Baxtni his qilish uchun sabab izlaw wart emas biz kureppiz ewiteppiz gapireppiz sevamiz ota-onamiz bor mana wuni uzi katta BAXT

  27. malika kasimova

    Baxt ketidan quvish insonlarga xos emas, baxt bizning ketimizdan quvsin. Unutmaylikki baxt doimo insonlar qalbida bo’ladi, shunchaki uni qalbimizda ekanligini bilishimiz darkor

  28. bek

    Bahtli bulish uchun pul mol dunyo ahamiyatsiz emas men kam taminlangan birorta honadonda bahtli insonlarni kurmaganman bu ruxshunoslarni ajoyib ertagi moddiy taminlangan odamgina keyin atrofidagilarini oylay boshladi chunki u bugun qanay qilib oilamni boqaman deb oylamiydi

  29. Sabinaxon

    Baxt bu………. Ta’riflab bereykon tushuncha emasdur balkim

  30. Bahor

    Manimcha baxt senga kerak bulganlarga seni ham kerak bulishing…

  31. НИГОРИЧКА

    УРТОКЛАР БАХТ БУ ДУНЕГА МУСИЛМОН БУЛИБ КЕЛГАНИМИЗДИР yes

  32. Arxideya

    Baxt bu sizda bor ne’matlarni his qilish va undan quvona olish ! Oʻzida borini his qilolmagan insonga esa butun dunyoni hadya etsangiz ham Baxtli boʻlolmaydi

  33. notanish inson

    hammangizning aytganlaringizga qoshilaman haqiqiy baht bu avvalam bor sogligimiz keyin ota onamiz ular yonimizda ekanlar biz hamisha bahtlimiz 3orinda bizga talim tarbiya berayotgan ustozlarimiz smile

  34. notanish inson

    mol dunyo qolning kiri u hechqanday baht hisoblanmaydi bugin erishdingmi ertaga undan ayrilasan undan kora yoningdagi ota onangning borligiga quvon shuning ozi haqiqiy baht ota onangdan yaqinlaringdan boshqasining hammasi bir tiyin mol dunyoni oynab topasan lekin ota onangni topolmaysan shuning uchun ularning qadriga etishimiz kerak

  35. Fazo.tv

    Salom notanish inson! Katta rahmat fikringiz uchun. Juda to’g’ri aytasiz. Barchasiga qo’shilamiz smile

  36. Dildora
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social