Birgina roli bilan mashhur bo‘lib, keyinchalik ko‘rinmay ketgan aktyorlar

Birgina roli bilan mashhur bo‘lib, keyinchalik ko‘rinmay ketgan aktyorlar

Quyidagi Gollivud yulduzlari bir vaqtlar juda mashhur loyihalarda suratga tushgan va ko‘pchilik ularning muvaffaqiyatli kelajagini bashorat qilgan edi. Ammo kutilmaganda ularning karyerasida pasayish kuzatilib, yagona rolli aktyorlarga aylanishdi.

Sami Naseri, “Taksi” filmi

Bir vaqtlar ko‘p yigitlar “Taksi” filmidagi Daniyel kabi soch turmagini orzu qilishgan. Mashinasi-ku ular uchun yetishib bo‘lmas narsa edi. “Taksi” filmida bosh rolni o‘ynagan Naseri bir kechada butun dunyoga mashhur bo‘ldi — o‘zi tug‘ilgan Fransiyadan boshqa mamlakatlarda ham. Biroq uning katta muvaffaqiyat bilan boshlangan karyerasi asta-sekin pasaya boshladi. Afsuski, Sami boshqa yulduzli rollari bilan maqtana olmaydi.

Amanda Bayns, “U — erkak” filmi

Amanda Bayns kinoda, hech bo‘lmaganda yoshlarbop komediya janrida kelajagi porloq yoqimtoy qiz edi. Biroq hammasi boshqacha bo‘lib chiqdi: “U —  erkak” filmi chiqqandan so‘ng Amanda mashhur bo‘lib uyg‘ondi va bunga tayyor emasligi ma’lum bo‘ldi. Qizda spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar, keyin esa psixika bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi. Natijada Bayns aktrisalik faoliyatini to‘xtatdi.

Xilari Daff, “Lizzi Maguayr” seriali

2001-yildan 2004 yilgacha chiqarilgan o‘smirlarbop “Lizzi Maguayr” seriali Xilari Daffni haqiqiy yulduzga aylantirdi. Shon-shuhrat to‘lqinida aktrisa “Zolushka qissasi”, “Superyulduz” va “Mukammal erkak” kabi filmlarda bir-biriga o‘xshash qahramonlarni o‘ynadi. U o‘z iste’dodini to‘la ko‘rsatib berolmayotganini his qildi: “Men haqiqatan ham juda xafa bo‘lardim, nega menga boshqa qahramonlarning rolini berishmagan deb o‘ylardim”. Natijada uning karyerasi asta-sekin pasaya boshladi.

Makoley Kalkin, “Uyda yolg‘iz” filmi

90-yillarda Makoley Kalkindan ko‘ra mashhurroq bola yo‘q edi. “Uyda yolg‘iz” filmi bolakayni haqiqiy yulduzga aylantirdi. Ammo bu mashhurlikning umri qisqa bo‘ldi: 90-yillarning o‘rtalarida Kalkinning ota-onasi ajralishdi, shundan keyin u kino olamidan g‘oyib bo‘ldi. Keyinchalik u haqidagi yangiliklar faqat uning ko‘rinishi va zararli odatlari bilan bog‘liq edi. Hozirda qirq yoshga to‘layotgan aktyor normal hayotga qaytishga muvaffaq bo‘ldi.

Teylor Lotner, “Sumerki” filmi

Yoqimtoy, mushakdor bo‘ri bola bir zumda millionlab o‘smir qizlarni sevimlisiga aylandi va Robert Pattinsondan tomoshabinlarning asosiy e’tiborini tortib oldi. Afsuski, keyinchalik aktyorning kelishgan gavdasi hech kimga kerak bo‘lmay qoldi, mashhur rollarni boshqa o‘ynamadi.

Rupert Grint, “Garri Potter” filmi

“Garri Potter”dagi malla soch — Rupert Grint bu nomni abadiy olib yurishga mahkumga o‘xshaydi. Sehrgarlar olami haqidagi filmlardan tashqari aktyor yuqori darajadagi rollar bilan maqtana olmaydi. Rupertning ekrandagi do‘stlari — Deniyel Redkliff va Emma Uotson esa undan farqli o‘laroq, yosh sehrgarlar obrazidan uzoqlashishga harakat qilishadi.

Xolli Meri Kombs, “Sehrlanganlar” seriali

Serial 2006-yilning bahorida tugagan bo‘lsa-da, aktrisa hayotining oxirigacha “Sehrlanganlar”dagi jodugar Payper bo‘lishga mahkum. Yillar davomida Kombsning eng sevimli ishi muxlislari bilan uchrashuvlari bo‘lib qoldi.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Izzat

    rostanam yubupketwdi

  2. Malika

    Jeykob be4ora, semirib ketudi

  3. Zulayho

    Za4arovanniye yowligimda kurardim

  4. Behruz

    Rupert vawe kurinmi kettiku

  5. AA

    sad sad sad

  6. Charos

    be4orala

  7. Karimbek

    sad

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social