Biz bir yil oldin bilmagan 6 faktlar

Biz bir yil oldin bilmagan 6 faktlar

Har kuni insoniyat minglab yangi faktlarni o’ziga ochadi.

Tumanli kamalak mavjud

Tumanli kamalak – juda kamyob hodisa, uni faqat omadli insonlar ko’ra olishdi. U quyosh nurlari tumanga tushganda shakllanadi va oq kamalak kabi ko’rinadi. 2016-yilda shunday kamalak 2 marta, Shotlandiya va AQSHda ro’yxatga olingan.

Avstraliya har yili shimolga 7 sm ga siljiydi

Barcha qit’alar siljiydi, lekin Avstraliya ulardan eng tez harakat qiladigan qit’a hisoblanadi. Qit’a 22 yil davomida 1,5 metrga Osiyoga yaqin keldi, ya’ni har yilli 7 sm ga siljiydi. Avstraliya hukumati rasmiy koordinatlarning o’zgarishi haqida e’lon qildi.

San-Fransisko aeroportida bir cho’chqa ishlaydi

“Lilu” ismli cho’chqa 2016-yilning dekabr oyida ishga qabul qilinib, aeroportning “dumli jamoasiga” qo’shildi. Uning majburiyatlari yo’lovchilarni tinchlantirishdir. Lilu ehtimol dunyodagi eng zamonaviy cho’chqa hisoblanar, uning pushti yubka, bosh kiyimi va nimchasi bor, hamda cho’chqada o’zining Instagrami ham mavjud.

Quyosh tizimida yana 9 sayyoralar bo’lishi mumkin

2016-yilning yanvar oyida, olimlar Plutondan tashqari ehtimol boshqa bir sayyora borligini e’lon qilishdi. Uning mavjudligi taxminan 90% ga teng. Bu hayoliy sayyoraning nomi aniqlanmagan, hozircha u “To’qqizinchi sayyora” deb tanilgan.

Aslida 8 qit’alar mavjud

Olimlar yangi qit’ani kashf qilganini aytishdi, bu – Zelandiya. U har doim bor edi, lekin okean ostida yashirilgan. Qit’aning taxminan 94% suv ostida, yer yuzidagi qismga Yangi Zelandiya va Yangi Kaledoniya kiradi.

Baliqlar quruqlikda harakat qilishlari mumkin …

Shimoliy Tailandda quruqlikda o’zining qanotlari yordamida yuradigan baliq topildi. “G’or farishtasi” osongina vertikal yuzada harakatlanishi va qoyalar ustiga ko’tarilishi mumkin. Bu baliq, shuningdek, havoda nafas olish imkoniga ega.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. 1234

    Avstraliyani 7 sm kuchishini bilmas ekanman

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social