“Chevrolet Cobalt” taqdimoti

“Chevrolet Cobalt” taqdimoti

5 sentyabr` kuni poytaxtda “GM Uzbekistan” qo`shma korxonasida ishlab chiqarilgan yangi “Chevrolet Cobalt” avtomobilining taqdimoti bo`lib o`tdi.

alt=”1″ />

“Chevrolet Cobalt” – “General Motors” tomonidan tobora taraqqiy etib borayotgan bozorlar uchun maxsus ishlab chiqilgan mutlaqo yangi rusumdagi avtomobildir. Ushbu avtomobil` to`rt turda ishlab chiqariladi.

“Cobalt” 1,5 litr hajmdagi to`rt tsilindrli, benzin bilan ishlaydigan 106 ot kuchi quvvatiga ega va 5 bosqichli mexanik uzatmali dvigatel` bilan jihozlangan. 100 kilometrga taxminan 6,2 litr yoqilg`i sarflaydi. Rivojlanib borayotgan bozorlarda bu avtomobil V turkumiga kiruvchi yagona model bo`ladi. Bundan tashqari, uning 6 bosqichli avtomat transmissiya o`rnatilgan rusumiga ham buyurtma berish mumkin.

2

Besh kishi uchun mo`ljallangan ushbu keng salonli avtomobil` yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida yon tomonlari baland anatomik o`rindiqlar bilan jihozlangan. Avtomobil konditsioner, quyma disklar, audiotizim, xavfsizlik yostiqchalari, elektr ko`zgular va avtomatik transmissiya bilan jihozlangan.

3

4

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. нилюфар

    да красивая машина! для девушек как раз )))

  2. uz_boy

    куриниши чиройли, узи кандай экан? мана шуниси киззик. айтганча ким билада нархи канча экан бу машинани?

  3. Po'lat

    100 km 6,2 litr benzin. Bu juda ham zo’rku!!!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social