Chili Konfederatsiyalar kubogi birinchi finalchisi (+video)

Chili Konfederatsiyalar kubogi birinchi finalchisi (+video)

Portugaliya va Chili terma jamoalari Konfederatsiyalar kubogi yarim final o’yinlarini boshlab berishdi. Uchrashuv Kazan arena maydonida bo’lib o’tdi. O’yin boshidan  ikkala terma jamoaning shiddatli hujumlari ostida boshlandi. Shunga qaramasdan uchrashuv asosiy daqiqasida hisob ochilmadi.

Asosiy vaqt tugagach Eronlik hakam 15 daqiqalik 2 ta bo’lim jamoalarni kuch sinash uchun maydonda olib qoldi. Lekin jamoalar qo’shimcha daqiqalarda ham raqib jamoa darvozalariga yo’l topa olishmadi. Shundan keyin jamoalar 11 metrlik jarima jarbalari tepishdi. G’olib shunda aniq boldi. Chili terma jamoasi darvozaboni Claudio Bravo portugaliyaliklar tepgan 11 metrlik jarima zarbalarining 3 tasiniyam qaytardi. O’z navbatida chililik futbolchilar 11 metrlik jarima zarbalarini aniq nishonga urishdi. Uchrashuv to’liq tavfsilotini quyidagi videoda tomosha qiling:

Portugaliya – Chili 0:0 (0:3)

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social