Chilida mahalliy kompaniya vakili xato tufayli 286 oylik maoshini oldi, ishdan bo‘shadi va izsiz yo‘qoldi

Chilida mahalliy kompaniya vakili xato tufayli 286 oylik maoshini oldi, ishdan bo‘shadi va izsiz yo‘qoldi

May oyi oxirida Chilidagi Consorcio Industrial de Alimentos (Cial) oziq-ovqat kompaniyasi xodimi navbatdagi oy uchun maoshini kutayotgan vaqtida kutilmaganda belgilangan mablag‘dan taxminan 286 martaga ko‘p maosh oldi, deya xabar bermoqda Oddity Central.

Har oyda oladigan 500 ming peso (taxminan 5 million 9 ming so‘m) oladigan ishchiga kutilmaganda 165,4 million (qariyb 2 milliard so‘m) mablag‘ kelib tushgan.

Dastlab u mazkur xato haqida kompaniyaga xabar qilgan. Moliya bo‘limi axborotni tekshirib, xodimlardan biriga xatolik sabab juda ko‘p pul to‘langanini aniqlagan. Xodimdan ortiqcha mablag‘ni bank orqali qaytarishni so‘rashgan, u iltimos qilingan kunning ertasiga pulni qaytarishi haqida va’da bergan.

Ammo ertasi kuni mablag‘ kompaniya hisobiga qaytmagan. Moliya bo‘limi xodim bilan bog‘lanishga uringan, ammo u qo‘ng‘iroqlarga javob bermagan. Ma’lum vaqt o‘tgach, xodim yana bo‘limga bog‘lanib, uxlab qolgani, tez orada bankga borishini aytgan. Shundan keyin ikki tomon boshqa suhbatlashmagan: ikki kun o‘tgach erkak masofadan turib, yuridik firma orqali ishdan bo‘shash haqida ariza qoldirgan.

Bir yo‘la 286 oylik maoshini olgan xodimning hozir qayerda ekani noma’lum. Cial vakillari pulni noqonuniy o‘zlashtirgan sobiq xodimiga qarshi sudga arz kiritmoqchi va yo‘qotilgan mablag‘larining bir qismini qaytarishni rejalashtirgan.

Kommentlar: 9 komment. 9 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    гений rofl

  2. Aziza

    qoyil

  3. Samir

    topiwsayam nima qiliwadi? uzi xato qiliwibti, u yigit uzi bowidan telefon qimasa bularkan

  4. Jamshid

    ugrili bu, utqizib quyiwadi

  5. Davron

    kallasi iwlamasakan

  6. F

    bowidan qo4voriwkeredi, telefon qimasdan

  7. Lobar

    rofl

  8. Samandar

    smile molodec

  9. MMM

    prikoool

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social