COVID-19 bosh miyaga zarar yetkazishi mumkinligi isbotlandi

COVID-19 bosh miyaga zarar yetkazishi mumkinligi isbotlandi

Yangi tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, COVID-19 bilan kasalxonaga yotqizilgan bemorlar qonida Alsgeymerga chalingan odamlarnikiga qaraganda nevrologik shikastlanish bilan bog‘liq oqsillar yuqori bo‘ladi. Ushbu kashfiyot SARS-CoV-2 bosh miyaga zarar yetkazishini tasdiqlaydi, deb yozadi Hi-Tech News.

Nyu-York universiteti qoshidagi Grossman tibbiyot maktabi olimlari tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot, COVID-19 bemorlarida infeksiyaga chalinmagan odamlarga qaraganda neyrodegeneratsiyaning yettita belgisi yuqori ekanini aniqladi. Batafsil tahlil shuni ko‘rsatdiki, kasalxonaga yotqizilgan COVID-19 bemorlarida ushbu belgilar darajasi Alsgeymer kasalligi tashxisi qo‘yilganlarga qaraganda tezroq ortgan.

“Natijalar shuni ko‘rsatadiki, COVID-19 bilan kasalxonaga yotqizilgan bemorlar, ayniqsa o‘tkir infeksiya davomida nevrologik alomatlar paydo bo‘lgan kishilarda, Alsgeymer kasalligi bilan og‘riganlarga qaraganda miya shikastlanishining belgilari yuqori bo‘lishi mumkin”, — dedi NYU Langone Health professori Jennifer A.Frontera.

O‘rtacha 71 yoshda bo‘lishiga qaramay, COVID-19 bilan kasalxonaga yotqizilishidan oldin kognitiv yoki aqliy pasayish alomatlari bo‘lmagan 251 bemor tadqiqotda ishtirok etgan. Keyin bu odamlar ikki guruhga — o‘tkir COVID-19 infeksiyasi paytida nevrologik alomatlar paydo bo‘lgan va paydo bo‘lmaganlar guruhiga bo‘lingan. Belgilar darajalari Alsgeymer kasalligi tashxisi qo‘yilgan bemorlarniki bilan taqqoslandi. Ushbu tashxis ostidagi 161 bemorning hech biri COVID-19 ga chalinmagan edi.

Test qilib ko‘rilgan uchta belgi — karboksiterminal ubikvitin gidrolaza L1 (UCHL1), umumiy taubelok va p-tau181 — hujayralar o‘limi va neyronlar inaktivatsiyasining ma’lum ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Yengil neyrofilament (NFL) polipeptid darajasi aksonlarning shikastlanishi, neyronlarning jarayonlari bilan ortadi. O‘z navbatida, kislotali fibrillar oqsili (GFAP) neyronlarni qo‘llab-quvvatlaydigan glial hujayralarga zarar yetkazish o‘lchovi hisoblanadi. Beta-amiloid esa 40 va 42 Alsgeymer kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda to‘planishi ma’lum bo‘lgan oqsillardir. Avvalgi tadqiqotlar umumiy tau va fosforlangan tau-181 (p-tau181) ham Alsgeymer kasalligining o‘ziga xos belgisi ekanini ko‘rsatgandi, ammo ularning bu kasallikdagi roli savol ostida qolmoqda.

“Ushbu biobelgilarning ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lgan travmatik miya shikastlanishi, keyinchalik Alsgeymer kasalligi yoki shunga o‘xshash aqliy pasayish rivojlanishini anglatmaydi, lekin uning rivojlanishi xavfini oshiradi. COVID-19 ning og‘ir shakliga chalingan odamlarda bunga moyillik bor yoki yo‘qligi — bu imkon qadar tezroq javob topish kerak bo‘lgan savoldir”, — dedi Langondagi Nyu York universiteti professori Tomas M. Vishnevski.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Nozim

    juda qiyin oqibatlarga olib kelarkan corona, yurak, miya va o’pkaga… o’zingizni asrang do’stlar.

  2. Karima

    yaqinda kasal buldim, endi uzimga keldim, hamma sog bulsin!

  3. Tohirbek

    q6rqin4illi sorry

  4. Kozim

    wacko qa4on utarkan? kurinadimi utiwi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social