Denis Istomin jarohati tufayli Grigor Dimitrovga mag‘lub bo‘ldi!

Denis Istomin jarohati tufayli Grigor Dimitrovga mag‘lub bo‘ldi!

2017 Australian open musobaqasining nimchorak finalida O‘zbekistonlik tennischi o’z ishtirokini yakunladi.

Ikki yarim soat davom etgan bellashuvda O‘zbekiston vakili 4 set natijasiga ko‘ra 6:2, 6:7, 2:6, 1:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va musobaqani tark etdi. Ikkinchi set oxirlarida Istomin chap oyoq sonining orqa qismini shikastlab oldi va bu uning o‘yin natijasiga ta’sir qildi.

Eslatib o‘tamiz, Istomin bunga qadar ATP reytingida 170-o‘rinda borayotgan xorvatiyalik Ivan Dodigni (6:1, 6:4, 3:6, 7:5), keyin esa jahonning 2-raketkasi Novak Jokovichni (7:6, 5:7, 2:6, 7:6, 6:4) sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratgandi. Uchinchi davrada esa o‘zbekistonlik tennichi dunyoning 31-raketkasi – ispaniyalik Pablo Karreno Bustaga (6:4, 4:6, 6:4, 4:6, 6:2) imkoniyat qoldirmagan edi.

Grigor Dimitrov chorak finalda belgiyalik David Goffinga (11-raketka) qarshi kortga chiqadi.

Manba: Kun.uz

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social