Disney “O‘yinchoqlar hikoyasi”, “Muzyurak” va “Hayvonlar shahri” multfilmlarining yangi qismlarini suratga oladi

Disney “O‘yinchoqlar hikoyasi”, “Muzyurak” va “Hayvonlar shahri” multfilmlarining yangi qismlarini suratga oladi

Disney kompaniyasi rasman “O‘yinchoqlar hikoyasi”, “Muzyurak” va “Hayvonlar shahri” multfilmlarining yangi qismlari ustida ishlamoqda. Rejalar haqida kompaniya rahbari Bob Ayger ma’lum qildi.

Loyihalarning yangi qismi tafsilotlari va ekranlarga chiqarilish sanalari e’lon qilinmagan. “O‘yinchoqlar hikoyasi” franshizasining 1995-yildan 2019-yilgacha to‘rtta qismi tomoshabinlarga taqdim etilgan. Multfilmning barcha qismlari jahon prokatida 3,3 milliard dollar ishlab topgan.

2022-yilning yozida “O‘yinchoqlar hikoyasi” multfilmidagi “Bazz Layter” qahramoni haqidagi film kassada debyut qildi, to‘lovlar kutilgan natijani qayd etmadi va franshiza qattiq tanqidlarga sabab bo‘ldi. “Muzyurak” musiqiy multfilmi ilk bor 2013-yilda ekranlarda namoyish etilgan va 2019-yilda animatsion filmning ikkinchi qismi ishlab chiqarildi.

“Hayvonlar shahri” (“Zootopia”) multfilmi 2016-yilda namoyish etilgan. Ushbu multfilmlar eng yaxshi animatsion filmlar va original qo‘shiq nominatsiyalarida bir necha marta “Oskar” mukofotini olgan.

Kommentlar: 13 komment. 13 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Aziza

    Qa4on 4iqarkan endi?

  2. Otabek

    Hali nomalum

  3. Diyora

    История игрушек энг яхши курган мультикларимдан бири

  4. Jamilaxon

    heart heart heart

  5. Shohjahon

    Ushbu multfilmlarni qisqa tomosha qilganman hozir esa vaqt topib ohirigacha koʻrishni reja qilfim.

  6. Aziza

    Zur reja, albatta bar4a qismlarini kurin smile

  7. Damir

    Bulani hammasini kurganman. Yaxwi kuraman multik kuriwni laugh

  8. Shodiya

    dash ufff

  9. Nozimov

    good good

  10. Surayyo

    Oyin4ola haqidagi multfim eng zur

  11. Qodirbek

    good

  12. Mo'min

    Yaxwi yaxwi

  13. Gulli

    Assalom alaykum muzyurak eng sevimli mulrifilmim manga juda yoqadi ajoyib

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social