Djastin Timberleykning bo`sh vaqtini o`tkazishi!

Djastin Timberleykning bo`sh vaqtini o`tkazishi!

Biz mashxur insonlarning qachon va qaerda o`zlarining bo`sh vaqtlarini o`tkazishini eshitishga o`rganib qolganmiz. Ularning bo`sh vaqtlarini o`tkazishi bizlarni har doyim juda ajablantirib kelgan.

Mashxur insonlar saxnada bo`lgan vaqtida, ular hammaning ko`z o`ngida bo`lishadi. Bu vaziyatda hamma biladiki, ular qandaydir bir yangi xit yoki klipni sur`atga olishmoqda. Olomondan chetda bo`lganlarida-chi, ular nima bilan shug`ullanishadi? Qaerda va Kimlar bilan qolgan vaqtlarini o`tkazishadi?

Yaqinda 30 yoshlik qo`shiqchi va akter Djastin Timberleyk New York Times gazetasiga bergan axborotida aytdiki, u o`zining ishdan tashqari bo`lgan bo`sh vaqtlarini gol`f maydonida o`tkazar ekan. Bu sport turiga bo`lgan qizziqishini, ishida bo`ladigan shovqin vaqtlari qandaydir bir balans berib turaradi deb izoh berib o`tdi.

Timberleyk aytib o`tdiki, gol`f – bu mo`ljal o`yini. Agar siz nishonni aniq olib, o`z zarbangizni qoyilmaqom qilib bajarsangiz, gol`f o`yinida eng yaxshi o`yinchi bo`lasiz. Gol`f diqqatni bir joyga jamlashga yordam beradi. U saxnada o`zining mashxurlik cho`qqisiga shiddat bilan chiqib bordi. Gol`f o`yini orqali esa, u o`zining do`stalari, qolaversa o`z otasi bilan birga vaqt o`tkazadi.

Bu hikoya, meni o`z bo`sh vaqtimni qanday sarflashim haqida o`ylashimga turtki bo`ldi. Mening bo`sh vaqtim, men uchun hech qanday bir ijobiy tarafdan hizmat qilmayotgani, mani juda ranjitdi. Men o`z bo`sh vaqtlarimni televizor oldida, yoki komp`yuter o`yinlarini o`ynash bilan o`tkazaman. Albatta men buni juda zerikarli deb aytaolmayman. Lekin men bularning barchasini yig`ishtirib, bo`sh vaqtimni o`zimning yaqin do`stlarim bilan o`tkazganimda, juda va juda rohatlandim. Tushundimki, bizga berilayotgan vaqtni bekor o`tirib o`tkazmasligimiz kerak. Bizga berilayotgan har bir daqiqadan biz rohatlanishimiz kerak. Chunki hayot bizga faqat bir marotaba beriladi, ikkinchisi bo`lmaydi.

O`zingizning bo`sh vaqtingizni qanday o`tkazishingiz haqida o`ylab ko`ring. Siz qilayotgan har bir narsa, sizni quvontiradimi, siz bundan rohatlanasizmi? Imkoniyatlaringizni qo`ldan boy bermang, dunyo mo`jizalar bilan to`lib toshgan!

 

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Мадина

    менга Джастин Тимберлейк ижоди жуда ёкади, ва хеч билмаганман у шунака кизик вактни утказади деб…

  2. uz_bola

    molodec, menda ham shuncha pul bulsa mazza qilib golf o’ynerdim. lekin afsus faqat do’stlarim bilan futboll o’ynash bilan cheklanib turamiz hozircha

  3. Gol

    бу зорку агар дустлариз билан футбол уйнасаларинг. голф бу бизда мода эмас, ман хам дам олиш кунлари дустларим билан футбол уйнамиз, бу жуда зур, хакикатдан хам одам хаёт ташвишлари деб дам олишни эсдан чикариб куяди, бу эса ёмон, одам дам олишниям билиш кере

  4. allo

    men bo’sh vaqtlarimda kitob o’qiyman

  5. Fazo.tv

    Salom allo! Juda to’g’ri qilasiz, qanday kitoblarni o’qiysiz?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social