Do`stlarga “Yo” so`zini yuboradigan ilova

Do`stlarga “Yo” so`zini yuboradigan ilova

Isroillik Or Arbel` tomonidan yaratilgan “Yo” (you)ilovasi rivojlantirilishiga million dollar olingan. Eng oddiy ilova faqatgina bitta funktsiyaga ega yani kontaktlarga oddiy salomlashish “Yo” so`zini yuboradi va mazkur ilova tez suratlarda mashxur bo`lgan.

Ishlab chiqaruvchining so`zlariga ko`ra uni mashxur qilgan ilovani ishlab chiqarishga 8 soat vaqt sarflagan. Lekin bu ko`l uchida qilingan degani emas. U hattoki o`z ishidan bo`shab ketgan va butun bo`sh vaqtini ushbu servisga bag`ishlagan.

“Yo” ishlash printsipi juda oson. Ilova orqali Facebook, Twitter yoki telefondagi adres kitobidagi do`stlarga salomni yuborsa bo`ladi. Do`stingizni ismiga tegsangiz bas va shu vaqtda u sizdan “you” qabul qiladi. Shuningdek, ovoz smartfon dinamiklar orqali chiqariladi va ekranda esa ogohlantirish chiqadi. Bir tarafdan bu maksimal engil usul diqqatni tortish uchun, suhbatni boshlash uchun yoki yaqin insonga siz u haqida o`ylayotganingiz haqida aytish, bu bilan “Yo” har doimgi “Salom, Qaleysan?” so`zlarining evaziga bo`ladi.

Agarda kimdir o`zining “you” so`zlari bilan sizning asabingizni chiqarsa, mazkur ilova muammosiz bu insonni qora ro`yhatga qo`yish imkoniyatini beradi. Aytgancha, agar tezda do`stingiz ismiga ikki marota bosilsa, u “you-you” qabul qiladi. Agar zerikgan bo`lsangiz va hamma tanishlaringizni diqqatini o`zizga tortmoqchi bo`lsangiz, guruhli “you” yuborsa ham bo`ladi. Lekin, ishlab chiqaruvchi ushbu funktsiyani tez-tez ishlatishni maslaxat bermaydi.

Ilova shu yilning 1-aprelidan ishga tushdi. Ushbu vaqtdan so`ng, ilova 50 000 faol foydalanuvchilariga ega bo`ldi. Ushbu sonlar bilan ruhlangan holda ishlab chiqaruvchi ilovani rivojlantirish uchun million dollar olgan. Ilovani iOS va Android bazasida bo`lgan smartfonlar uchun bepul yuklab olsa bo`ladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social