DrinkPure – inovatsion suv tozalovchi fil`tr

DrinkPure – inovatsion suv tozalovchi fil`tr

Xozirda ichimlik suvi dunyodagi eng katta boyliklardan biri hisoblanadi. Hamda suvni sifatini yaxshilash maqsadida turli xil suv tozalash fil`trlari ishlab chiqilmoqda.

Yangi DrinkPure suv fil`tri bir necha qator muxim hususiyatga ega: u qimmat emas, uni standart plastik shisha bilan ishlatsa bo`ladi va bir daqiqa ichida bir litr suvni tozalashi mumkin.

DrinkPure Tsyurixdagi shveytsariyalik yuqori texnik maktabining o`quvchisi Djeremi Nussbaumer orqali ishlab chiqarilgan. U tomonidan yaratilgan fil`trning vazni atigi 100 gramm. DrinkPure bir odamni bir yil mobaynida ichimlik suvi bilan ta`minlashi mumkin.

Foydalanuvchi plastik shishani suv bilan to`ldirishi va DrinkPure ni o`rnatish kerak bo`ladi, keyin esa bemalol suvni ichsa bo`ladi. Fil`trning birinchi qoplamasi qum yoki plankton kabi katta parchalarni ushlab qoladi. Keyin esa suv aktiv qo`mir qoplamadan o`tadi, u erda suv qimyoviy parchalarni qoldirib chiqadi. Va nihoyat, maxsus DrinkPure uchun ishlab chiqarilgan polimer membranasi suvdagi bo`lgan barcha bakteriyalarni o`ldiradi.

DrinkPure yaqin orada sayohatchilar va turistlar orasida katta mashhurlikka ega bo`lishi mumkin, biroq birinchi o`rinda Djeremi Nussbaumer o`z ihtirosini rivojlanayotgan davlatlarga mo`ljallamoqchi, chunki ular ko`proq ichimlik suviga muhtojdirlar.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social