Dubaida uchar taksi sinovdan o’tkazildi

Dubaida uchar taksi sinovdan o’tkazildi

Birlashgan Arab Amirliklarida ilk marotaba Germaniyaning Volocopter kompaniyasi uchar taksini tanishtirdi. 18 ta parrakli, ikkita o’rinli samolyot 200 metr balandlikka ko’tarildi va havoda 5 daqiqada bo’ldi. Yaqin kelajakda Dubai atrofida yo’lovchi tashish samolyotidan foydalanishmoqchi.

Bir batareya zaryadida 70 km/soat tezlikdagi samolyot 27 km uchishi mumkin va uning maksimal tezligi 100 km/soatga yetishi mumkin ekan.

Dubaida o’tkazilgan sinovlar paytida, qurilma 200 metr balandlikdagi havoga ko’tarildi va parvozni 5 daqiqa davom ettirdi. Ma’lumotiga ko’ra, yo’lovchilar va pilot sinovlarda ishtirok etmagan va kelgusida ham qurilma uchuvchisiz bo’ladi.

Volocopter ning yaratuvchilari kelgusi besh yil ichida uchadigan taksilar xizmat ko’rsatishini rejalashtirmoqda. Tezyurar taksilarning sinovlari 2018-yilga mo’ljallangan. Hozirda, samolyotda qo’shimcha batareyalar va ikkita parashyutlar o’rnatilgan.

Volocopter bosh direktori Florianning aytishicha, foydalanuvchilar mobil ilova bilan taksi buyurtma qilishlar mumkin bo’ladi.

Manba: Hightech

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social