Dubayda inson qiyofasidagi robot administrator sifatida ish boshladi (video)

Dubayda inson qiyofasidagi robot administrator sifatida ish boshladi (video)

BAAning eng yirik shahrida joylashgan Action to Action kompaniyasi biznes-markazida tashqi ko‘rinishi insonga o‘xshash robot administrator sifatida ish boshladi. Rossiya kompaniyasi tomonidan yaratilgan Robo-C nomli robot birinchi marta xorijda ofis xodimi sifatida xizmat ko‘rsatmoqda, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Mazkur robot insonlarnikiga o‘xshash sun’iy teri bilan qoplangan to‘liq antopomorf mexanizmdir. U insonlarning hissoyotlarini takrorlaydi: ko‘zlarini, qoshlari, labi va boshqa “mushaklari”ni qimirlatadi, shuningdek, muloqot qilib, savollarga javob beradi. Permdagi Promobot kompaniyasining ixtirosi insonning 600 dan ortiq mikromimikalarini takrorlashga qodir.

“Bizning vazifamiz — inson-mashina o‘rtasidagi aloqaga o‘rnatilgan to‘siqni buzib tashlash”, — deydi Promobot direktorlar kengashi raisi Aleksey Yujakov. Uning so‘zlariga ko‘ra, inson ko‘rinishidagi robot ideal xizmat ko‘rsatish formulasi hisoblanadi: u tashqi jihatdan odamga o‘xshaydi, biroq robot dasturi bo‘yicha muloqot qiladi.

Robotning standart tashqi ko‘rinishi Promobot direktorlar kengashi raisining yuz tuzilishi uslubida yaratilgan, biroq Android’ni mahalliy sharoitga moslashtirish uchun unga o‘sha joyga xos elementlar ham qo‘shilgan.

“Ko‘rinishi odamga o‘xshash robot — ajoyib keys, shu bilan birga, biz bu yo‘lning boshida turibmiz. Texnologik baza va samaradorlik imkoniyatlar hamda robotlar ishlatiladigan sohadan kelib chiqib takomillashtiriladi”, — deydi Action to Action bosh direktori Rami Kabani.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Odilbek

    wacko wacko wacko wacko wacko wacko wacko

  2. Тимур

    ниче себее

  3. Izzat

    Xudo asrasin bunaqalardan

  4. Saida

    odamla yaqinda keremas bupqoliwadi

  5. Shakir

    yaxwiku, kamro xatola buladi

  6. Aziza

    odamla keremas bupqoliwvotti

  7. Um

    strawniy faqat

  8. LL

    dash

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social