Dubayda haydovchisiz taksi va «Oloddin Shaharchasi» paydo bo`ladi

Dubayda haydovchisiz taksi va «Oloddin Shaharchasi» paydo bo`ladi

Birlashgan Arab Amirliklar dunyoni hayratda qoldirishda davom etmoqda. Yaqin ikki yil davomida Dubayda «haydovchisiz taksi» paydo bo`ladi. Yangi taksi shaharning yuqori texnologik transporti bo`ladi, u avtomatik tarzda maxsus yo`llar bo`ylab haydovchisiz odamlarni manzillariga  eltib qo`yadi. Hozirgi kunda shunga o`xshash transport faqat Londonning Xitrou aeroportida bor, ammo dubay taksilari birinchi bo`lib shahar ko`chalariga chiqadi.

2020 yilga kelib esa Dubayda eski savdo-sotuv porti o`rniga yangi «Oloddin Shaharchasi» turar joy majmuasi ochiladi. U uchta minorlardan iborat bo`ladi, eng baland minorasi 34 qavvatdan iborat bo`lib, ular eski sharq yog`li chiroq, nafis ko`za va shisha sifatida qilinadi. Binolarni yopilgan galereyalar birlashtiradi – bu oltin zanjirga o`xshab turadi.

Majmua Fors kurfazida qurilmoqda, quruqlik bilan esa ularni to`rtta ko`priklar birlashtiradi. Bir vaqtning o`zida u Dubaydagi arab yog`ochli qayiqlari va katta kemalar uchun turar joy bo`ladi.

Majmuaning qirg`oqdan eng uzoqda joylashgan minorasi qirg`oqdan 450 metr masofada bo`ladi. Binoning ichki dizayni esa «Ming bir kecha» ertagidek bo`ladi. Majmuada kvartiralar bilan birga yirik kompaniya ofislari, mehmonxonalar va o`yin-kulgu parki joylashgan bo`ladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social