Dubayda kelajak Muzeyi paydo bo`ladi (+video)

Dubayda kelajak Muzeyi paydo bo`ladi (+video)

Eng tez rivojlanadigan dunyo shaharlaridan birida, Birlashgan Arab Amirliklarining eng katta shahrida 2017-yilda futuristik muzey quriladi.

BAA bosh vaziri o`z Twitter mikroblogi orqali Dubayda kelajak Muzeyi (Meseum of the Future) loyihasining qurilishi boshlanishi haqida xabar berdi.

Kelajak muzeyi ajoyib shaklga ega bo`ladi. Bosh vazirning aytishicha, bu joy nafaqat innovatsion gadjetlar, texnologiyalar, kontseptlar va zamonaviy dizayn jihozlarning maydonchasi bo`ladi, balki yana butunlay ilmiy “inkubator” bo`ladi. Uning ichida mutaxassislar yangi loyihalar bilan shug`ullanishadi.

Kelajak Muzeyning muallifi haqida hech qanday ma`lumot yo`q. Bugungi kunda ma`lum bo`ldiki, muzey “Amirlik Minorasi” kompleks yoniga 2017-yilda joylashadi. Uning qurilishiga 135 mln dollar sarflanadi.

Manba: Naked-Science

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social