Dunyodagi eng baland bino!

Dunyodagi eng baland bino!

Kuala-Lumpur, so`ngra Dubay, ana endi Baku. Ozarbaydjon 2015 yildan e`tiboran “AzerbaijanTower” nomli dunyoning yangi,  eng baland binosini qurishni rejalashtirib qo`ydi. Ma`lumotlarga qaraganda ushbu bino balandligi 1050 metrni tashkil etib, bu balandlik Dubaydagi Burdj Xalifadan naqd  220 metr yuqori degani.

Ushbu gigant loyiha bilan (Avesta Group of Companies) Avesta nomi bilan tanilgan kompaniya shug`ullanishi ma`lum bo`ldi. Yana bir qiziq ma`lumot xuddi Dubaydagi binoga o`xshab, ushbu bino atrofida ham 41ta sun`iy orollarda joylashadigan yangi shahar ham barpo etiladi. 9 ballik er silkinishiga bardosh berishga tayyor bo`lgan ushbu binoning rasmdagi ko`rinishining o`zi ham xozirdanoq insonni o`ziga jalb qilmoqda.

Kaspiy dengizining ustida bunyod etilajak ushbu inshootlar Bakuning yangi biznes markazi bo`lishi kutilmoqda. “AzerbaijanTower” yana o`z ichida xatto aloxida aeroport hamda Formula-1 trassasini mujassam etadi. Loyixaning umumiy bahosi $100 milliard, Shundan $2 milliardi dunyoning eng baland binosini qurish uchun ishlatiladi.2
Binoning bitishi 2019 yilga, orollar esa 2022 yilga taxmin qilinmoqda. Undan ham qizig`i bu binoga hozirdanoq raqobatchi topildi. “KingdomTower” QIROLLIK MINORASI nomli ushbu raqobatchi bino esa Saudiya Arabistonida qurilishi rejalashtirilmoqda, uning balandligi 1001metr bo`lishi kerak. Bu ketish bo`lsa 1001 metr 1100 bo`lib qolishi ham xech gap emas. Xar holda “Dunyoning eng baland binosi” degan nom yutuqda turibti.

Kommentlar: 22 komment. 22 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Азим

    тиниб тинчимас одамларей, нималарни уйлаб топишмайди?!

  2. нодир

    да ракобат яхши кетяпти! катта катта биноларни куриб, дунё узгариб кетяпти.

  3. madina

    albatta bu juda ajoyib loyiha buladi, va uyliman ush bu loyihaga davlat mablag’ ajratadi! chunki keyinchalik shu loyiha ko’p daromat keltiradi!

  4. Hakim

    Odamlayam g’irt Bobil odamlaridan farqi qolmapti. Hammasi man zo’rman man balandroman dishvotti. Bu manimcha yahshili bilan tugamidi. Odamla binosibilanmas yuragi bilan odamlarni hayratta qoldirishi kerey.

  5. Номаълум

    100 miliard? Kim berarkan shuncha babloni?

  6. Номаълум

    Хожибой аканинг айтганидек, одамларга вас васагин деган дори бериш кере. А бу бундай хашоматли шахарча, биноларни кургандан кура, очликдан азобланётган, или вафот этётган одамлага ёрдам берса бумасмикин. Бу одамла факат узларини фойдасини уйлашади

  7. юлдуз

    $2 миллиард дунёнинг энг баланд биносини қуриш учун етармикан?

  8. мурод

    уйлиман 9 баллик ер силкиниш булса бу бино расво буладию, тем более сувда жойлашган булса!

  9. Номаълум

    Албатта бузулиб кетади, канчадан канча одамларни хаётига зомин булади. Энг мухуми инженерлар яхши ишлашсинда

  10. Номаълум

    яхни ният килиб уларга омад тилаб коламиз smile

  11. Номаълум

    Boshiga uradimi munaqa binoni? Undan ko’rasi odamlaga arzon uylar qurib bersa yahshiro bo’ladi.

  12. жасур

    ха энди бизнес шунака давлатда!

  13. Номаълум

    пул инсонларни бузади деган бир жихатдан тугри

  14. nilyufar

    pul insonlarni buzmaydi, aslo inson qanday buzukligini kursatadi!

  15. нодир

    Муаллиф: nilyufar – March 6, 2012 – жуда кизик фикр нилюфархон!!!

  16. нилюфар

    Муаллиф: Бахром – March 7, 2012 ха тугри пул факат инсонни ичида канакалигини курсатиб беради!

  17. носир

    америкадаги Товер ундан баланд эмасми???

  18. Shokir

    Бу баланд бинони нонга суриб еса буладими?

  19. Номаълум

    nima keragi bor?

  20. Жахонгир

    Бу бинолар давлатнинг бюджетига яхши ва саёхларга

  21. Исмингиз

    Топа тогри

  22. Исмингиз

    Ажойиб фикр

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social