Dunyodagi eng baland suv “gorkasi” (+video)

Dunyodagi eng baland suv “gorkasi”  (+video)

Sochingizni tikka turg`izadigan va yuragingizni oyog`ingizga tushiradigan suvli gorka (suvli katta sirpanchiq) ni ko`rganmisiz?! Ko`pchilik insonlarda shu kabi atraktsionlarga tushish xohishi bor! Shunday his-tuyg`ularni dunyodagi eng baland suv gorkasida his qilish ishkoniyati mavjud.

«Verruckt» yoki «biznicha» – aqldan ozgan. Shunday nomga Amerikaning Kanzas-siti shahrida joylashgan suvli gorka ega, yaqin orada u dunyodagi eng baland gorka nomiga ham sazovor bo`lgan.

Balandligi rasmiy ravishda qabul qilingan bo`lib, hatto bu haqida Ginness rekordlar kitobiga ham kiritilgan. «Verruckt» balandligi 51,38 metr. Bu esa Ozodlik haykali va Niagara sharsharadan ham baland deganidir.

Gorkani boshlanishiga chiqishingiz uchun 264 zinadan tepaga ko`tarilishingiz kerak bo`ladi. Gorkadan tushish esa maxsus yo`lakchalar orqali amalga oshiriladi va har bittasi to`rt kishiga mo`ljallangan. Tushish tezligi 110 km/ch ga etishi mumkin. «Verruckt» ning ochilishi 29-iyun` kuni bo`lib o`tdi.

Bundan tashqari, mish-mishlarga qaraganda, bir oy oldin test sinovlarida qumli qoplar tushgan vaqtida gorkadan chiqib ketgandilar va barcha o`sha vaqtda xayratda qolganlar, chunki park administratsiyasi bunday natija kutmagandilar. Lekin bu haqiqat, oldingi modellarida ham qum bilan qoplar hatto havoga ko`tarilishgan.

Biroq hozirda gorka maxsus to`r bilan o`ralgan bo`lib, endilikda undan chiqib ketish foizi kamroqdir. Hozirda eng asosiy maqsad – shu gorkadan tushish uchun ekstremallarni topishdir.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. навруз

    видеода жа катта куринмаяптию, манимча бизнинг аквапаркда хам шундай горка бор?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social