Dunyodagi eng tezkor lift yaratildi

Dunyodagi eng tezkor lift yaratildi

Soatiga 72 km tezlik bilan yuradigan lift, 1-qavatdan 95-qavatgacha 43 soniya ichida ko`tarilishi mumkin.

Yaponiyaning elektronika ishlab chiqaruvchi “Hitachi Ltd” dunyodagi eng tezkor liftni ishlab chiqardi. Rekord natijasini ko`rsatish uchun “Hitachi” mutaxassislari engil trosslardan va kuchli dvigateldan foydalandilar.

Dunyodagi eng tezkor lift, Xitoyning Guanchjou shahrida joylashgan 111 qavatli umumiy 530 m balandilikka ega bo`lgan bino uchun ishlab chiqarilgan va u keyingi yilda ishga tushadi (xozirgi vaqtda bino qurilish ishlari olib borilmoqda). “Hitachi” vakili Tosiyuki Ono ning ma`lumotlariga ko`ra, kompaniya o`z yangiligini Xitoy bozoriga chiqarmoqchi, chunki 60% dunyodagi lift talablari aynan shu shaharga keladi.

2004-yilda Yaponiyaning “Toshiba Elevatorand Building Systems” kompaniyasi dunyodagi eng tezkor liftni ishga tushirishi haqida e`lon qilgan edi va u Tayvanning Taipei binosida o`rnatilgan bo`lib, 101 qavvat. 60,6 km soatiga harakatlangan. Xozirgacha ham eng tezkor lift deb hisoblanadi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. botir

    uzilib tushsa xam eng tezkor lift buladimi endi )))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social