Dunyodagi eng yosh rassom

Dunyodagi eng yosh rassom

Avstraliyalik rassom Aelita Andre (Aelita Andre) san`at dunyosini seskantirishga va jo`nbishga keltirishga majbur qildi. Mazkur rassomning ikki shaxsiy ko`rgazmalari Aqsh va Italiyada bo`lib o`tdi va uning o`nlab suratlari shaxsiy to`plam uchun sotilgan, lekin eng qizig`i shundaki, ushbu yosh rassomchimiz atiga 4 yoshda.

Aelita ismli qizchaning san`ati mavhumlik va syurrealistik (afsonaviy, xayoliy) yo`nalishiga yaqindir. Aelitaning eng qimmat surati 30 000 ming dollarga sotilgan bo`lib, hattoki sotilgan suratlarning umumiy yig`indisi bir millionga yaqin bo`ldi.

Aelita to`qqiz oylik bo`lganida chizishni boshlagan. Aelita nima va qachon chizishni shaxsan o`zi hal qiladi. U hattoki chalg`ishi xam mumkin yoki o`ynashga qochishni, lekin keyin albatta qaytib kelib suratni to`gatadi.

Professional nuqtai nazardan qaraganda, Aelitaning bir nechta suratlari shunchalik yaxshiki, hattoki ayrim tanqidchilar bolaning qobiliyati haqida o`zlarining shubhalarini bildirishdi. Ammo bolaning ota-onasi so`zlari bo`yicha bola rassomlik san`ati bilan juda qiziqib qolgan.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. ShOx

    ie rostan xam talant bu bola, rasmi manga yoqdi ))) lekin olmasdim $30.000 ga

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social