Endilikda chaqaloqlarga mo`ljallangan so`rg`ich ham “aqlli” bo`ladi (smartso`rg`ich)

Endilikda chaqaloqlarga mo`ljallangan so`rg`ich ham “aqlli” bo`ladi (smartso`rg`ich)

Hozirda texnologiya kundan-kunga rivojlanmoqda. Hozirga kelib barcha texnologiyalar “aqlli” bo`lib bormoqda. Jumladan, smartsoatlar, ko`zoynaklar, bilaguzuklar, idishlar va hakoza. Endilikda bularning qatoriga “Blue Maestro” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dunyodagi birinchi “aqlli” so`rg`ichni (smartso`rg`ich) ham qo`shsak bo`ladi.

Agarda siz sotib olgan gadjet sizning smartfoningiz bilan birga ishlamasa, demak uni “aqlli” deb atash qiyin. Blue Maestro kompaniyasining ishlab chiqaruvchilari ushbu omilni hisobga olgan holda oddiy so`rg`ichni emas, balki “Pacifi” deb nomlanuvchi aqlli so`rg`ichni o`ylab topishdi. Pacifi moslama oddiygina silikon so`rg`ichga o`xshaydi, biroq u chaqaloqning isitmasini ya`ni haroratini bilib turadi, agarda u kasal bo`lsa so`rg`ich darhol ota-onasiga habar beradi. Ma`lumot so`rg`ichdan smartfonga Bluetooth orqali jo`natiladi.

Pacifi so`rg`ichi iOS yoki Android bazasidagi barcha moslamalar bilan ishlaydi. Smartso`rg`ichni ishlatish uchun birinchidan smartfonga maxsus ilova o`rnatilishi kerak. U Pacifi bilan birga vizual ma`lumotlarni yig`ishi mumkin. Bundan tashqari, agarda ilovaga bola kasallik vaqtida qabul qilingin dorilarning ro`yhati kiritilgan bo`lsa, keyinchalik ilova qaysi dori tana haroratiga ta`sir qilganini aniqlab berishi ham mumkin.

Mobil ilovaning ijobiy tomonlaridan biri, u ota-onaga dori qabul qilinish vaqti haqida oldindan habar berishi mumkin. Hamda u orqali xonada yo`qolgan so`rg`ichni joyini ham aniqlash mumkin. Pacifi bir batareyada bir yil ishlash imkoniyatiga ega. So`rg`ichni idishlarni yuvadigan mashinasida ham yuvsa bo`ladi.

Oldindan buyurtmani hozirda Blue Maestro ning rasmiy sayti orqali amalga oshirish mumkin. Pacifi moslamasi bir necha hil ranglarda chiqariladi va uning narhi 40 AQSh dollar miqdorida belgilangan.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Maftuna

    Buni chaqaloqqa zarari yo’qmikin???

  2. Rustik

    OFIGET’!!!

  3. Исмингиз

    Aww qoyil

  4. Toshoq

    He ishlab chiqqanlarni onasini eshe quvalab siksin raxmat

  5. Jonim

    He ishlab chiqqanlarni onasini eshe quvalab siksin raxmat

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social