Endilikda Google shifokorlarning o’qib bo’lmas qo’lyozmalarini ham tarjima qilib beradi

Endilikda Google shifokorlarning o’qib bo’lmas qo’lyozmalarini ham tarjima qilib beradi

Google “chizmalarni” tushunarli matnga tarjima qilish funksiyasini birlashtirish orqali shifokorlarning yomon qo`l yozuvi muammosini butunlay hal qilmoqchi. Bu haqda TechCrunch portaliga tayanib xabar bermoqda “rambler”.

Yillik konferensiyada IT giganti yangi funksiya hozirda qidiruv tizimiga o`rnatilgan Google Lens yordam dasturining bir qismi bo`lishini ma`lum qildi. Bemor shifokorning reseptini suratga olishi mumkin bo`ladi va sun`iy intellekt qanday dorilar yozilganligini mustaqil ravishda “aniqlaydi”. Bunday tarjimonni amalga oshirish uchun Google butun dunyo farmasevtlari bilan yaqindan hamkorlik qilishi kerak bo`ldi.

Hozircha bu funksiya faqat hind tilida ishlaydi, chunki Hindistonda Google Lens foydalanuvchilari eng ko`p. Biroq kompaniya tarjimon geografiyasini ingliz va boshqa Evropa tillari, jumladan rus tilini ham qo`shib kengaytirishni rejalashtirmoqda.

 

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    НАКОНЕЦ ТО!

  2. Aziza

    Aptekadagila twunsa buldi rofl

  3. Otabek

    Uzbek tilidayam uqolirmikan?

  4. Ruslan

    Rus tilini to4no uqidigan bularkan

  5. Qodir

    no good

  6. Shokir

    Google zur

  7. Charos

    yess yaxwiii

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social