Endilikda mehmonxonalar reytingi Wi-Fi sifati bo`yicha aniqlanadi

Endilikda mehmonxonalar reytingi Wi-Fi sifati bo`yicha aniqlanadi

Sir emaski mehmonxonalarda Wi-Fi tezligi va doimiyligi yuqori sifatda ekanligi har bir mijozni quvontiradi. Boshqa tarafdan esa doimiy va tezkor internetga zarur bo`lgan mijozlar tez tez noqulayliklarga duch kelishadi. Bunday vaziyatlar kamroq bo`lishi uchun maxsus yangi Hotelwifitest.com sayti yaratilgan.

Hozirgi vaqtga kelib, ushbu servisda butun dunyo bo`ylab 100 mingdan ortiq mehmonxonalarning global tarmoqqa ulanish uchun Wi-Fi tezligi va sifat darajasini ko`rish imkoni mavjud. Servis rahbariyati o`zlari qaerda mumkin bo`lsa shu erning Wi-FI tezligini va doimiyligini aniqlashadi. Qolgan mehmonxonalar esa maxsus algoritm orqali aniqlanadi va ma`lumotlar olinadi.

Resurs rahbariyati aytishicha Wi-Fi tezligi va sifati ma`lumotlarining aniqligi juda yuqori – sababi ular har bir mehmonxonaning Wi-Fi sifatini boshqa mehmonxonalardagi Wi-Fi tezligining o`rta o`lanish tezligi, shahar va shu mamlakatning umumiy ma`lumotlari, mehmonxonalarning sig`imi hamda boshqada omillarni inobatga olib, Wi-Fi sifati aniqlashadi.

Ushbu loyiha Amerikada yaratilganiga qaramasdan, servisda hozirgi kunda ko`plab mehmonxonalar haqida ma`lumotlar mavjud. Hattoki O`zbekiston mehnomxonalari haqida ma`lumotlarni ham topsa bo`ladi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    bizada internet dabdala buganichun mehmonxonala reytingi pas busa kere

  2. salom

    saytga kirib ko’rdim, unchalli ham yomon emas

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social