Eng ishonchsiz parollar ma’lum qilindi

Eng ishonchsiz parollar ma’lum qilindi

Parollar menejyeri sayti NordPass 200 ta eng ishonchsiz va ko‘p qo‘llanuvchi parollar ro‘yxatini taqdim etdi. Ro‘yxat kiberxavfsizlik bo‘yicha mustaqil ekspertlar guruhi tomonidan tuzilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday statistika yildan yilga takrorlanmoqda. Ular buni odamlar parolni esdan chiqarib qo‘yishdan qo‘rqib eslab qolinishi oson bo‘lgan parollarni tanlashlari bilan tushuntirishgan. Bunday “zaif” parollardan esa jinoyatchilar foydalanishi mumkin.

Ro‘yxatdan joy olgan eng ishonchsiz parollar raqamlardan tuzilgan parollar hisoblanadi. Quyida bu boradagi statistika keltirilgan.

1-o‘rin – 12345 paroli (2 812 220 odam foydalanadi).

2-o‘rin –  123456 (2 485 216 odam).

3-o‘rin — 123456789 (1 052 268 odam).

Shuningdek, parol sifatida password (inglizcha “parol”) so‘zi ham ko‘p qo‘llanadi – bunday paroldan 830 846 kishi foydalanar ekan.

Shuningdek, foydalanuvchilar orasida quyidagi parollar ommalashgan:

qwerty (348 765 kishi);

iloveyou (171 657 kishi);

princess (122 658 kishi);

monkey (86 404 kishi).

Shuningdek, odamlar ommabop ismlar (charlie, ashley, michael, nicole, jessica) va sport turlari nomlaridan (soccer, football, baseball) ko‘p foydalanishadi.

“Ma’lumotlar borgan sari qimmatliroq bo‘lib bormoqda. Microsoft, Yahoo va Facebook kabi yirik kompaniyalar qoidabuzarliklarga duch kelayotgani sababli, foydalanuvchilar o‘z ma’lumotlarini o‘zlari asrashlari lozim. Shu sababli, quyosh va ajdarholarni yaxshi ko‘ruvchi liverpullik barcha Mishellar hoziroq o‘z parollaringizni o‘zgartiring”, deb tavsiya qilmoqdalar mutaxassislar.

Google ishonchli parolni yaratishda quyidagilarga amal qilishni tavsiya qiladi:

– har bir akkaunt uchun o‘ziga xos parol qo‘llash;

– eslab qolish oson bo‘lgan uzunroq parol o‘ylab topish, misol uchun, qo‘shiqdan biror satr, kitobdan iqtibos yoki siz uchun ahamiyatli biror ibora;

– shaxsiy ma’lumotlar – tug‘ilgan sana, manzil, o‘z taxalluslaringiz va umum qo‘llanuvchi so‘zlardan qochish.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social