Evropa samolyotlarida 2017 yilda internet bo`lishi mumkin

Evropa samolyotlarida 2017 yilda internet bo`lishi mumkin

Telekommunikatsion kompaniya “Inmarsat” Evropa davlatlar orasida uchadigan samolyotlarni keng yo`lakli internet bilan taminlashga qaror qildi.

Ushbu vazifa uchun orbitaga yangi “Europasat” kommunikatsion su`niy yo`ldoshi chiqarilishi mumkin va mazkur su`niy yo`ldosh S-diapazonda ishlashi kerak bo`ladi. Su`niy yo`ldosh butun Evropada aloqa stantsiyalari bilan birga faol ishlaydi. Shunday tarmoqlarning chiqishi kommertsiyalik va biznes klass yo`lovchilariga keng imkoniyat yaratadi.

“Inmarsat” kompaniyasi harajatlarni kamaytirish maqsadida “Hellas-Sat” bilan hamkorlikda su`niy yo`ldosh yaratishga tayyor va bu esa ikkala kompaniyalarga o`z texnologiyalarini ishlatishga yordam beradi.

Oldindan habar qilinganidek, “Europasat” 2016-yilda ishga tushirilishi kutilmoqda va internet tarmoqlarining samolyotlarda paydo bo`lishi esa 2017-yilda boshlanishi kerak.

“Inmarsat” kompaniyasi qurilish ishlari, ishga tushirish va sug`urta uchun 200 mln dollar ajratishga tayyor. Loyiha ishga tushirilganidan so`ng 3 yildan so`ng foyda keltirilishi kutilmoqda. Boshqa bort internet funktsiyalar orasida ushbu tarmoq qutqaruv guruhlar bilan ham ishlashi mumkin.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Javox

    qiziq samolet uchishiga xalaqt bermidi internet???

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social