Evropada eng yuqorida joylashgan mehmonxona

Evropada eng yuqorida joylashgan mehmonxona

Monblanda alpinistlar uchun Evropada eng yuqorida joylashgan mehmonxona qurishdi.

Monblan tog`ining qiyalik qismida alpinistlar uchun qiyin ob-havo sharoitida xavfsiz joy topishi oson bo`lishi uchun yangi mehmonxona qurishdi.

Inshoot 3835 m balandlikda joylashgan. Bu G`arbiy Evropa maydonidagi eng yuqorida joylashgan mehmonxona hisoblanadi.

1

Refuge du Gouter  nomli inshootni rejalashtirish uchun 5 yil, uni qurish uchun esa 3 yil vaqt ketgan. Refuge du Gouter  mehmonxonasini qurish uchun barchasi bo`lib  6 mln. evro sarflangan.

Mehmonxona ochilish marosimi rasman shu haftada rejalashtirilgan edi, ammo bir qancha texnik nosozliklar sababli va investorlarning kelishmovchiligi tufayli ochilish marosimi keyingi yilgacha qoldirilgan.

2

Mehmonxonada 120 yotoq joy mavjud. Refuge du Gouter dan joy olish uchun oldindan joyni band qilib qo`yish kerak bo`ladi. Hayot uchun kerak bo`lgan energiya quvvatini Refuge du Gouter tomini va devorlarini o`ragan quyoshli panellardan oladi.

Ba`zi tabiiy qiyin sharoitlar uchun  bir nechta shamol-generatorlar va dizel generatori joylashgan. Kutilmagan vaziyatlar uchun boshpanada 20 ming litr suv bor. Refuge du Gouter qoyada 14 m chuqurlikga qotirilgan. Mehmonxona daraxtlardan qurilgan va u shamolning 300 km/soat tezlikda esishida ham bardosh beraoladi.

3

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    cooooolll

  2. Абду

    Бинонинг ажойиблигига қарамасдан бир нарсани аниқ қилиб этаман. Бу мехмонхонанинг нархи Чорвоқдаги Пирамидадан арзон бўлса керак. Сервиснику вобшем гапирмаса бўлади. Европаликлага гап йўқ.

  3. shox

    to’g’ri Abdu – man bu gapizga qo’shilaman, yaqinda man buni guvoxi bo’ldim, ey to’g’risi rivojlanish va eng muhimi odamgarchilidan biz ancha ortta qolmoqdamiz

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social