Facebook anonim muloqot xizmatini ishga tushirdi

Facebook anonim muloqot xizmatini ishga tushirdi

Facebook kompaniyasi yangi mobil ilova Rooms ni taqdim etdi va u orqali anonim ya`ni boshqa ism ostida muloqot qilish imkoniyati mavjud.

Mazkur dastur orqali anonim xona yaratish imkoniyati bo`lib, unda foydalanuvchilar o`z xabarlarini, fotosuratlarni va videolavhalarni joylashtirishlari mumkin. Bunday “xonaning” (rooms) muallifiga nafaqat suhbat uchun mavzu tanlash imkoniyati beriladi, balki yana suxbatni bezatish imkoniyatiga ham ega bo`ladi.

 

Ilova anonim sifatida suhbat olib borish mumkin, shuning uchun ham har yangi bo`lim uchun turli hil ismlarni o`rnatsa bo`ladi. Suhbatga Rooms ning har bir foydalanuvchisi qo`shilishi mumkin, biroq oldin u suhbatda qatnashgan boshqa insondan taklifnomani olishi kerak bo`ladi.

Bo`limdagi suhbatlar moderatorlar orqali boshqariladi. Ular insonlarni suhbatdan o`chirishlari ham mumkin. Hamda mualliflar oldindan qoidalarni va yosh chegarasini aytishlari ham mumkin. Suhbatning nomini har qanday vaqtda o`zgartirish va yoqtirgan suhbatlarni layk orqali belgilash imkoniyatlari mavjud. Aytish joizki, Rooms ning barcha bo`limlari bir lenta qilib ko`rsatadi, biroq ichki qidiruv mavjud emas.

Bugungi kundan Rooms faqatgina AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa ingliz tillarida so`zlashadigan mamlakatlardagina mavjud. Biroq hozircha ilova faqat iOS tizim uchun chiqarildi va faqatgina iPhone foydalanuvchilar ishlatishlari mumkin.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. hi tech

    олдинги чат кайтиб кевотти

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social