Facebook reklamalar sonini kamaytiradi

Facebook reklamalar sonini kamaytiradi

Facebook lentani yangilashgi bir qancha o`zgartirishlar kiritadi va bu esa foydalanuvchilar doim ko`rgan reklamalar sonini kamaytiradi. Bu haqda kompaniya o`zining rasmiy blogidan habar bergan. O`zgarishlar 2015-yilning yanvar` oyidan ishga tushadi.

Ushbu o`zgarishlar shuni bildiradiki, hattoki foydalanuvchilar qaysidir mashxur insonning yoki qaysidir mahsulotning sahifasida «layk» qoldirsa, u endi ushbu sahifalarning reklamalarini kamroq ko`rishni boshlaydi.

Ijtimoiy tarmoq boshqaruvchilarining aytishlaricha, bunday o`zgarishga foydalanuvchilar o`rtasidagi so`rov natijalari ta`sir ko`rsatgan. Ushbu so`rovda foydalanuvchilar do`stlarining va qarindoshlarining yangiliklarni ko`proq ko`rish va reklama habarlarini kamroq ko`rish istagini bildirishdi.

“Mashhur sahifalarning reklamalari kamayadi. Biz, foydalanuvchilar Facebook dan ijobiy taassurotlarni olishlarini istaymiz ” – deb Facebook vakillari ta`kidlab o`tishdi.

Aytib o`tish joizki, Facebook ning reklamadan olgan foydasi 2014-yilning III-choragida 2,96 milliard dollarni tashkil qilgan va bu esa 92% butun kompaniya foydasidandir.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. nargiz

    xa kamaytirsa yaxshi bo’lardi

  2. Karol

    Facebookga tan berish kere qoyil bez reklamaxam bundan køp foyda ololadi facebook

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social