FIFA vs. PES

Hozirgi kunda juda ko`p insonlar Amerikaning EA FIFA mi yoki Yaponiyaning KONAMI Pro Evolutions Soccer mi deb, bir – birlari bilan bahslashmoqdalar. Har birining o`zining ustunliklari va albatta kamchiliklari mavjud.

FIFA opponentlari uchun aytish mumkinki, ancha ko`p vaqtdan beri, aniqrog`i birinchi seriyalari 1990 yillar oxirlarida Sega platformalari uchun chiqib boshlagan. Shu vaqtlarda, bu o`yinni juda ko`p futbolga qizziquvchi insonlar o`ynagan.

AQShda yanada boshqa qizziqarli o`yinlar yaratgan bu kompaniya, sekin asta shaxsiy komp`yuterlarga o`ta boshladi. Bir qarashdan bu o`zgarishlar o`yinni yangi darajaga olib chiqadi va futbol` simulyatorlari rivojlanishida juda katta turtki bo`ladigandek tuyuldi.

Lekin ularning seriyasidan chiqarilgan oxirgi o`yin – FIFA 10, ko`pchilikni ranjitdi. 2006 yildan buyon davom etib kelayotgan azaliy kamchiliklari deyarli tuzatilmagan. Aytish joyizki, o`yin ko`rinishi, jamoalar tarkibi va ozmuncha o`yin grafikasida ham yangilanishlar bo`lgan, lekin bu bilan o`yinga umumiy baho beradigan bo`lsak, sezilarli o`zgarishlar bo`lmagan.

Albatta ijobiy tomonlari ham bor. EA «Be a Pro» rejimini yaxshilagan. Dinamik futbol muxlislarini hursand qiluvchi yangi tryuk va fintlar qo`shilgan. Mening nazarimda FIFA ning juda muhum plyus taraflaridan bu PES o`yiniga qaraganda juda katta ishqibozlari bor.

KONAMI ning e`tiborga loyiq tomoni shuki, u futbol uyinlari yaratish bilan bir qancha kech shug`ullana boshlagan, deyarli 7 – 8 yil kech. O`yinning birinchi nomi Winning Eleven deb nomlar edi. Bu o`yin hozirda ham Yaponiyada katta ishtiyoq bilan o`ynalmoqda.

Pro Evolution Soccer o`yini ijobiy taraflarini ko`rib o`tadigan bo`lsak: birinchidan, o`yin ishqibozlari uchun eng muhum taraflaridan biri – bu grafika va o`yinning jo`shqinnligi. Bu borada KONAMI mutaxassislari tomonidan juda yaxshi bajarilgan, aynan shu o`yin bizlarga real futbolni eslatdib boshladi. Ikkinchi ijobiy taraflaridan biri – bu Master Ligada «Ostavit` treneru» tugmasi yordamida o`yinda jamoa tarkibini tanlashda assistentga qoldirish mumkinchiligining paydo bo`lishi. Uchinchisi esa – bu ozmuncha yangilangan Become a Legend. To`rtinchisi – Chempionlar Ligasi va Evropa Ligasining yangi bezagi.

Shunday qilib, agar hamma minus va plyus taraflarini solishtirib o`tadigan bo`lsak, har holda qandaydir tenglik saqlanib qolmoqda. Lekin EA tarafidan oxirgi besh yildagidek sustkashlik seziladigan bo`lsa, KONAMI so`zsiz oldinga o`tib oladi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. game_uz

    EA FIFA барибир биринчи уринди, у ердаги тактика ва техника KONAMI никидан анча яхши

  2. бек

    манимча профессионаллар учун фифа яхши, конамини янги урганувчиларгина уйнаши мумкин

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social