Fotosuratchi hujm oldidan jahldor sherni suratga oldi

Fotosuratchi hujm oldidan jahldor sherni suratga oldi

Atif Said professional fotosuratchi, u tabiyatni rasmga oladi va bu safar ham ajoyib suratni olgan. U jahldor sherning nazarini ko`rib va uni tashlanishdan oldin suratga olishga muvaffaq bo`ldi. Bu voqea Laxora yonidagi (Pokiston) safari-parkda sodir bo`lgan.

Saidning so`zlariga qaraganda, u o`z mashinasidan ushbu dahshatli va o`tkir nigohli hayvonni suratga olish uchun tushgan. Hamda, Said sherning turishini va hislatini suratga olishga qaror qilgan. Suratkash hayvonlar qirolini diqqatini o`ziga qaratishni xohlamagan edi, lekin kamera tovushi bunga halaqit bergan. “Sher menga uch metr masofagacha yaqinlashdi va u menga hujm qilishdan oldin uni suratga oldim. Mo`jiza bilan men mashinaga o`tirishga ulgurdim” – deb aytib berdi Said.

“Men uning oldida turganman, mashina eshigi ochiq bo`lgan. O`ylashimcha, sher meni o`z ozuqasi deb ko`rgan bo`lsa kerak. Shu payt menga bu narsa kulgili ko`rindi, ammo hozir o`sha vaziyatni eslasam, endi buni boshqa qilolmasdim. Biz bir birimizga juda yaqin turganmiz”.

Manba

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social