Fransiyada maktabga telefon bilan kelish taqiqlandi

Fransiyada maktabga telefon bilan kelish taqiqlandi

Fransiya hukumati 15 yoshgacha bo’lgan o’quvchilarga maktabda smartfon va boshqa qurilmalardan foydalanishni taqiqlab qo’ydi. Ularni uyda qoldirish yoki o’quv kunining oxirigacha o’chirib qo’yish tavsiya qilinadi.

Maktablardagi uyali telefonlarni taqiqlash to’g’risidagi qonunni tashabbuskorlari quyidagi choralarni shunday tushuntirishdi:

“Biz zamonaviy bolalarni smartfonlarga qaramligini bilamiz… Bizning asosiy vazifamiz – bolalar va o’smirlarni himoya qilishdir. Bu ta’lim tizimining asosiy roli. Bu qonun shu uchundir”.

Ushbu tashabbus 2017-yilning may oyida prezident lavozimini egallagan Emmanuel Makronning saylovoldi va’dalaridan biri bo’lgan edi.

Mazkur qonun Fransiya o’rta ta’limining so’nggi bosqichi, litseylarda qo’llanilmaydi. Sinfda telefonlardan foydalanish faqatgina nogironlar uchun ruxsat etilgan va faqat ta’lim olish uchun mo’ljallangan.

Fransiya parlamentining ba’zi deputatlari ushbu qonunga qarshi bo’lib ham chiqishdi. Ular “mazkur qonun zamonaviy chaqiriqlariga javob bermaydi”, deyishdi.

Smartfonlarga bo’lgan qaramlik o’sishi “nomofobiya” so’zi paydo bo’lishiga olib keldi.  Angliyalik olimlarning keng ko’lamli so’roviga ko’ra, uyali telefon egalarining 66 foizi “nomofobiya” dan aziyat chekmoqda. So’rovda qatnashganlarning 41 foizi ikkita telefon borligini aytib o’tishdi.

Janubiy Koreyalik olimlarning tadqiqotlari shuni ko’rsatdiki, moslamalar miya holatiga salbiy ta’sir ko’rsatib, kimyoviy muvozanatni buzadi. Barkamol o’smirlarda mutaxassislar tushkunlik, xavotirlikning yuqori darajasini aniqladilar, shuningdek, ular uyqusizlikdan azob chekishar ekan.

Buyuk Britaniya maktablaridagi smartfonlarga taqiq juda ijobiy natija berdi. Natijada, talabalarning ilmiy natijalari sezilarli darajada yaxshilangan.


Bu taqiq haqida siz qanday fikrdasiz? Bolalar smartfonlar va boshqa aqlli gadjetlardan foydalanishga cheklov kiritish kerakmi?


 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social