Foto: Germaniyadagi fermada yashovchi dunyodagi eng mitti ot

Foto: Germaniyadagi fermada yashovchi dunyodagi eng mitti ot

Germaniyaning Brekkerfeld shahrida joylashgan fermada balandligi 50 sm dan oshmaydigan Pamukel ismli 3 yoshli poni yashaydi. Ot Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng kichik ot sifatida kirish uchun barcha xususiyatga ega. Pamukel shu qadar chiroyliki, uning suratlari bir zumda ijtimoiy tarmoqlarda minglab layklarga ega bo‘ladi. AdMe nashri poni haqida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi.

Pamukel — Shotlandiya ponisi hisoblanadi. Poni bir qarashda og‘ir yuk ko‘taradigan otlarni eslatadi, faqat ularga nisbatan kichikroq. Bu zotdagi otlar qalin junga va uzun yelkaga ega. Odatda ularning bo‘yi 65 dan 110 sm gacha, o‘rtacha vazni esa 150-180 kilogrammni tashkil qiladi. Ushbu pamukelning bo‘yi atigi 50 sm, vazni esa 35 kilogramm.

Qizig‘i shundaki, Shotlandiya ponilari insonlarga juda bog‘langan. Ponilar ko‘p hollarda ko‘rlarga yo‘l ko‘rsatuvchi sifatida yordam beradi. Bu otlarni qo‘lga o‘rgatish oson, ular juda yuqori aql va xotirjam fe’l-atvorga ega. Shuning uchun ular yaxshi do‘st va uy hayvonlari sifatida saqlanadi. Ponilar ko‘pincha 30 yil yoki undan ko‘proq yashaydi.

Pamukelning mittiligining sababi genetik nuqsoni borligidadir. “Bu kasallik emas, balki tabiatning injiqligi”, — deydi ponining egasi, chavandozlar bo‘yicha o‘qituvchi Karola Vaydemann. Ayol uni 3 yil muqaddam, toychoq bo‘lgan paytida olib kelgan. “Uni birinchi marta ko‘rganimda hayratda qolganman. Hech qachon bunday kichik otni uchratmaganman”, — deydi u.

Karola Vaydemann ponisining Ginnes rekordlari kitobiga kirishini istaydi va hujjatlarni rasmiylashtirishni boshlagan. Biroq kitob uchun ma’lumot yig‘uvchi kompaniya vakillari otlar va ponilarning ma’lumotlari faqat 4 yoshdan boshlab ko‘rib chiqilishi mumkinligini aytgan. Aynan shu yoshda otlar va ponilar to‘liq o‘sgan hisoblanadi. Pamukelning ma’lumotlari ko‘rib chiqilishini yana bir yil kutishi kerak.

Hozirda Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan dunyodagi eng kichik ot — tug‘ma mitti bo‘lgan appaluza zotining vakili Bombel hisoblanadi. Bombelning balandligi deyarli 57 smni tashkil etadi.

Vaydemann vaqtni behuda sarflamadi va bir yildan beri u o‘zining miniatyuradagi poni terapevti bilan birga bolalar bog‘chalari, qariyalar uylari va boshqa shunga o‘xshash muassasalarga tashrif buyurib, ko‘plab bolalar va qariyalarni xursand qiladi. Terapevtik maqsadlarda 3 yoshdan oshgan bolalar hovlida ponining yungini tarashi yoki u bilan sayr qilishi mumkin.

Shuningdek Pamukel nogironlar aravachasida va yurishga yordam beradigan aravachada insonlarga hamroh bo‘lishga o‘rgatilgan, u maxsus zinacha bo‘ylab mashinaga chiqishi mumkin.

“Bu poni shunchaki chiroyli ko‘rinishga ega. Men doimo uni quchoqlashni, erkalashni va unga mehr berishni xohlayman. U juda yoqimtoy ot va shunchaki aql bovar qilmaydigan do‘st”, — deydi ponining egasi.

Kommentlar: 10 komment. 10 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Aziza

    Namun4a wirin bumasa heart

  2. Тимур

    Красавчик

  3. Nodira

    ok

  4. O'ktam

    Asalgina

  5. Valijon

    boast

  6. Chiro

    Wirintoy ot4akan

  7. Jama

    good smile

  8. Humoyun

    Yaxwiiii

  9. I

    kiss

  10. Mansur

    wirintooy

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social