“Google Glass” tobelikni chaqiradimi?!

“Google Glass” tobelikni chaqiradimi?!

AQSh shifokorlari, qo`shimcha reallikni namoyon etuvchi “Google” ko`zoynaklarning ishlatilishi natijasidagi birinchi tobelikni aniqladilar.

Bir Amerikalik insonga “Google Glass” ni haddan tashqari ishlatishi natijasida unga «Internet-tobelik» tashhisini qo`yishdi. Davolanuvchi 31 yoshli harbiy inson bo`lib chiqdi, boshida u San-Diego kasalxonasiga spirtli ichimlik qabul qilish tobeligini yo`qotish uchun kelgan edi. Boshida ushbu insonda alkogol ichimlik tobeligi alomati bo`lgan, biroq keyinroq bu boshqacha bo`lib chiqgan. Aniqlashdiki, unda o`z yuzida Google Glass taqib yurish to`xtatgandan so`ng kuchli muhtojlik alomati boshlangan.

Bechora inson o`zida Google Glass ni kuniga 18 soat taqib yurgan va u gadjetni faqatgina cho`milish va uyqu vaqtida olib tashlagan. Davolanuvchining aytishicha, Google Glass dan voz kechish alomatlari, spirtli ichimliklardan ko`ra yomonroq ekan.

Bundan tashqari, shifokorlarning har bir savoliga davolanuvchi avtomatik tarzda qo`lini yuzining o`ng tarafiga olib borgan, shunday qilib u Google Glass ni yoqishni xohlagan. U hattoki o`z tushlarida dunyoga Google Glass orqali qaragan ekan.

35 kunli davolanish kursidan keyin bu inson butunlay tobelikdan voz kechdi. Google kompaniya esa bu holatda xech qanday yangilik bermagan. Shifokorlar, kiyib olib yuradigan texnologiya rivojlanishida, zamonaviy gadjetlarning foydalanuvchilarida psixologik buzilishni ko`rmoqdalar. Yoshlar orasidagi eng xavfli tobelik “nomofobiya” deb nomlanadi – bu mobil telefonning yo`qligi yoki aloqasiz qolish qo`rquvidir.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    xaxa)) yengi kasallikla keb chiqvottimi endi

  2. Fozil

    Super kasalik ekan!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social