Hojiboy Tojiboevning futbol iqtiboslari tushirilgan futbolkalar

Hojiboy Tojiboevning futbol iqtiboslari tushirilgan futbolkalar

O`zbekistonlik futbol ishqibozlari marhum qiziqchi, taniqli so`z ustasi Hojiboy Tojiboevning futbolga oid mashhur iqtiboslari tushirilgan futbolkalarni tayyorlashdi. Bu haqda Facebook va Twitter foydalanuvchilari ma`lum qilishgan.

Asosan futbol ishqibozlari uchun tayyorlangan futbolkalarda, jumladan, Hojiboy Tojiboevning futbolga oid mashhur «Lyuboyini enasini ko`rsatvoramiz», «Stadioninggayam, stadioningni direktorigayam, ayniqsa, 2ta bokovoy sud`engga…» va boshqa iqtiboslari tushirilgan. Shuningdek, O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2014 saralash bosqichidagi muvaffaqiyatli ishtiroki uchun tayyorlangan «RIOga boramiz! Juda bo`lmaganda, muzqaymoq yalab qaytamiz» iqtibosi ayniqsa ommabop bo`lishi kutilmoqda. 

Facebook ijtimoiy tarmog`idagi «I Love Uzbekistan» guruhi xabariga ko`ra, Hojiboy Tojiboevning oq-qora surati hamda uning futbol va boshqa mavzulardagi mashhur iqtiboslari tushirilgan futbolkalarni 13 iyun`, chorshanba kunidan e`tiboran Toshkentdagi «Chorsu» buyum bozorida savdoga chiqariladi.

Eslatib o`tamiz, futbol bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2014 yo`llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Milliy terma 11 iyun` kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi, biroq mundialga to`g`ridan-to`g`ri yo`llanma olish imkoniyatlarini saqlab qolgan. Buning uchun Mirjalol Qosimov shogirdlari 18 iyun` kuni Toshkentda Qatar terma jamoasini mag`lubiyatga uchratishlari, o`z navbatida, Eron terma jamoasi safarda Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berishi kerak.

Manbaa: www.kun.uz

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Sar

    Xaaa qiziq narsalarni o’ylab topshida bu odamlareyyy smile

  2. Номаълум

    Qatarni enasini ko’rsatdik. Lekin Eron ham Koreyani enasini ko’rsatdi. Endi Brazilyaga borib muzqaymoq yeish ehtimoli kamaydi…

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social