Jahon Chempionati-2014 ning rasmiy qo`shig`i taqdim etildi (+video)

Jahon Chempionati-2014 ning rasmiy qo`shig`i taqdim etildi (+video)

Braziliyada bo`lib o`tadigan 2014-Jahon Chempionati uchun amerika-kubalik Pitbull reperning Youtube saytida rasmiy qo`shiq taqdim etildi.

«Biz birga» («We Are One») nomli ko`shiqni Pitbull, Jenifer Lopez va braziliyalik xonanda Claudia Leitte ijro etganlar.

Ushbu qo`shiq JCh-2014 qo`shiqlar al`bomiga kirdi. Bundan tashqari ushbu al`bomga Carlos Santana, Wyclef Jean, Ricky Martin va Shakira ning qo`shiqlari ham joy oldi. Al`bom «Bir sevgi, Bir Marom» («One Love, One Rhythm ») nomiga sazovor bo`ldi.

Jahon chempionatining rasmiy qo`shig`i musobaqaning ochilish marosimida, yani 12 iyun` kuni San-Paulu shahridagi «Arena» maydonida jaranglaydi. Marosimning to`gashi bilan mundial`ning birinchi o`yinini Braziliya-Xorvatiya terma jamoalari boshlab berishadi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    видео качон чикади энди???

  2. обид

    вой кушикга гап ё! малатсы

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social