Kanadada yil bo‘yi suvi issiq saqlanadigan dunyodagi eng katta basseyn qurilmoqda (foto)

Kanadada yil bo‘yi suvi issiq saqlanadigan dunyodagi eng katta basseyn qurilmoqda (foto)

Kanadada geoLagon loyihasi ishga tushirildi. Bu dunyodagi eng katta ochiq osmon ostidagi qaynoq basseyn bo‘lib Sharlevua shahrida qurilmoqda. Lagunaning umumiy maydoni 1200 kvadrat metrni tashkil qiladi.

Suv ombori atrofida sayyohlar yashashi mumkin bo‘lgan qishloq quriladi. Lagunada har doim issiq harorat saqlanib turadi va suv harorati butun yil davomida 39 daraja issiq bo‘ladi.

Energiya generatorlari, geotermal tizimlar, fotoelektrik va quyosh isitish tizimlari katta hajmdagi suyuqlikni isitishi mumkin. Shuningdek, lagunaning pastki qismi issiqlikni saqlaydigan maxsus materialdan tayyorlanadi. Ushbu material “termos” bo‘lib xizmat qiladi.

GeoLagonda quriladigan majmualar:

  • 150 ta quyosh energiyasi bilan ishlaydigan kottejlar;
  • san’at galereyasi;
  • golf maydoni;
  • tog‘-chang‘i kurorti;
  • restoranlar;
  • fermer xo‘jaliklari;
  • sun’iy sharshara;
  • SPA, saunalar, vannalar;
  • kitlarni kuzatish uchun maydoncha.

Loyiha asoschilari zarur mablag‘ning 80 foizini sarmoyadorlardan olgan. Eng katta va qaynoq geoLagon hovuzining qurilishi 2023-yilning martiga rejalashtirilgan. Ushbu loyihaning qurilishi 18 oy davom etadi.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Классно good

  2. Aziza

    Zurku

  3. Нозим

    Койил good

  4. Komila qiz

    4iroyli joylakan, menga yoqdi

  5. Isfandiyor

    good

  6. .......

    Assalomu aliykum hammaga chiroyli ekan

  7. Samira

    🙂smile tezro o4ilsin

  8. Donik

    good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social