Kechasi uxlamayotganlar uchun! O’zingizni toping!

Kechasi uxlamayotganlar uchun! O’zingizni toping!

Barchamiz bilamizki inson kuni bo’yi ishlashi mumkin, ammo kechki payt bizga aynan dam olish uchun berilgan! Biroq qiyin ish kundan uyga qaytganda, dam olishdan ko’ra ko’plarimiz kechgacha uxlamay chiqamiz. Buning har xil turlari bo’lishi mumkin va quyidagilar eng ommabop turlar hisoblanadi! Quyidagilarning qaysi birida o’zingizni ko’rasiz?

Facebook quli!

Shior: “Kel uyqudan oldin facebookga bir kiray, bir daqiqaga”. Natijada – soat ikki bo’ldi, sen esa hale ham facebookda birovni lentasini ko’rib o’tiribsan.

fb

Yangilik sevarlar!

Shior: “Faqatgina muhim dunyo yangiliklaridan xabardor bo’lish uchun, uyqu oldidan yangiliklar o’qib ko’raychi”. Natija – soat erta tong 4. Sen jonli efirda CNN yoki Euronews xabarlarni o’qib o’tiribsan.

news

Serialchilar!

Shior: “Do’stlar yaxshi serial tavsiyalar qilinglar, ammo bir qismi 20 daqiqadan uzun bo’lmasin”. Natija – soat 7 erta tong, birinchi mavsum tugashiga uchta qism bor. Ko’zlar charchadi va muzlatgichda esa yarim oziq-ovqat qoldi.

tv-shows-montage

Uy bekasi!

Shior: “Hozir tezgina javonimni yig’ishtirib qo’yaman”. Natija – erta tong, uyda butunlay tartibsizlik, javonlar bo’m-bo’sh, aftrofda har xil narsalar sochilib yotibdi. Nimaga shunday bo’ldi, chunki siz maktab davridagi rasm kitobini topib oldingiz.

messyhousewife1

Chevar ayol!

Shior: “Birgina chap yengi qoldi, uni tugatish kerak!”. Natija – tushlik vaqti. Bitta narsa qoldi. O’ng yengi. Chap yengi shunchalik yaxshi chiqdi, qolgani ham boshqatdan qilishga to’g’ri keladi.

sew

Kitob o’quvchilar!

Shior: “Yana uchta varaq va uxlayman”. Natija – erta tong va sen oxirgi betni o’qiyapsan. Bir soatdan keyin esa uyg’onib ishga borishing kerak bo’ladi.

read

Mehnatkashlar!

Shior: “Bir xatga javob bersam bo’ldi”. Natija – soat 3 kechasi, siz oxirgi loyiha ustida ishlayapsiz. Noutbukni yopishdan oldin, pochtangizni tekshirasiz. U yerda esa – yangi xat keldi!

work

Qaysi birida o’zingizni ko’rdingiz?

 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social