Kelajak yaqinlashib kelmoqda! Robotlar yugirishni va zinadan ko’tarilishni o’rgandi.

Kelajak yaqinlashib kelmoqda! Robotlar yugirishni va zinadan ko’tarilishni o’rgandi.

Haqiqatdan ham bir robot yugirishni, ikkinchisi esa mustaqil ravishda zinapoyalarga ko’tarilish va tushishni o’rgandi.

Boston Dynamic robotlarining har bir videosida robotlar jonzotlarga o’xshab ketmoqda. Kompaniya ikkita videoni taqdim etdi, unda u ikkita robotning yutuqlarini namoyish etdi.

Birinchi videoda Atlas nomli robot notekis o’tli yerlar orqali harakat qiladi. U yo’lda xodaga duch keladi va muammosiz undan sakrab o’tadi.

Ikkinchi videoda SpotMini it kabi ofislar bo’ylab harakat qiladi va zinapoyadan osongina ko’tariladi. Operator birinchi marta robotni yerni o’rganish uchun boshqarishi kerak edi. Keyinchalik esa, robotlar kameralar orqali to’siqlardan qochib, xonalardan o’zi o’tib borgan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social