Kelajak yaqinligini isbotlovchi qurilmalar

Kelajak yaqinligini isbotlovchi qurilmalar

Texnologiya olami hayotimizni yanada qiziqarli qilib, ko‘plab cheklovlardan xalos bo‘lishga imkon bermoqda. Ehtimol, tez orada uchar mashina, sun’iy intellektga ega superkompyuter va hatto teleporterni ham ko‘rib qolarmiz.

FingerReader — o‘qiy oladigan uzuk

FingerReader — bu ko‘rishda muammosi bo‘lgan odamlar uchun mo‘ljallangan qurilma. Agar biror kishi qog‘oz yoki elektron ommaviy axborot vositalaridan matnni o‘qishi kerak bo‘lsa, u barmog‘iga kiyilgan gadjetni satrlar bo‘ylab harakatlantiradi. Apparat so‘zlarni taniydi va ularni ovoz chiqarib o‘qiydi.

Buyurtma asosida 3D printerda tayyorlangan vitaminlar

Nourished kompaniyasi 3D oziq-ovqat printerida vitaminlar ishlab chiqaradi. Innovatsion qo‘shimchalar dorixonadan tubdan farq qiladi. Vitaminlar tarkibida shakar yo‘q — butunlay tabiiy, vegetarian ingredientlardan, shu jumladan o‘tlar, mevalar, ekstraktlarga asoslangan superfudlardan tayyorlanadi.

Nourished’ning asosiy xususiyati — har bir mijozga individual yondashuv. Vitaminlarga buyurtma berishdan oldin bemor sog‘lig‘i haqida ma’lumot berishi kerak. Qabul qilingan ma’lumotlarga asoslanib, mutaxassislar organizmning normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan yettita vitamin kombinatsiyasidan birini tanlaydi.

Rassomlar uchun ranglarni o‘zi belgilaydigan ruchka

Ixtirochilar go‘zallik yaratish bilan band bo‘lganlar haqida ham qayg‘uradilar. Scribble ruchkasi obyektlar rangini aniqlay oladi va mavjud palitradan rasm uchun eng mos keladigan ranglarni tanlaydi. Bu qurilma “aqlli” siyoh texnologiyasi deb ataladi va RGB skaneri yordamida amalga oshriladi.

Apelsinning qayta ishlangan po‘stidan stakan chop etadigan sharbat chiqargich

Feel the Peel — meva qobig‘ini qayta foydalanish mumkin bo‘lgan bioplastik stakanlarga aylantira oladigan noodatiy sharbat chiqarish mashinasi. Ixtiro sharbat chiqargich, 3D-printer, quritgich, dispenser va ekstruder-filamentni birlashtiradi.

Mashina 1500 dan ortiq apelsinni sig‘dira oladi. Ixtironing kamchiligi — uning sekin ishlashi. Qurilma mijozlarning katta oqimiga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallanmagan.

Kanoe-origami

MyCanoe — ochiq havoda dam olish va sayohat qilish uchun mo‘ljallangan yengil qayiqning yangi turi.

Dastlab mahsulot kichik ryukzak ko‘rinishida bo‘ladi. 10 daqiqa ichida u 200 kilogrammdan ortiq yukni ko‘tara oladigan haqiqiy qayiqqa aylanadi.

Itlar uchun ovozli tarjimon

Itlarni yaxshi ko‘radiganlar yana bir ixtiro. No More Woof — bu uy hayvonlarning fikrlarini o‘qish va ularni inson tilida takrorlash imkonini beruvchi texnologiya.

Qurilma hayvon reaksiyalari va dinamikasini kuzatish imkonini beruvchi qurilmalar to‘plamini o‘z ichiga oladi. No More Woof it nomidan “Men ochman”, “Men o‘ynashni xohlayman”, “Men charchadim”, “Sen kimsan?”, “Menga qiziq” kabi bir nechta reaksiyalarni bildira oladi.

Internet va aloqasiz ishlaydigan messenjer

GoTenna Mesh qurilmasi bir necha kun, hatto haftalar davomida uyali aloqa xizmatisiz qolishga majbur bo‘lgan sayohatchilar tomonidan yuqori baholandi. Ixtiro xabarlarni tarmoqqa ulanmasdan goTenna Mesh foydalanuvchilariga yuborish imkonini beradi. Aloqa radioto‘lqinlar orqali amalga oshiriladi.

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Saydulla

    crazy zurku, hoziram osa buladimi?

  2. Shoxrux

    bizaga kegun4a bowqa4a narsala 4iqib ketadi laugh

  3. Gavhar

    boredom buladi

  4. Samar

    Wow

  5. Azamat

    good

  6. Saida

    wacko

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social