LEGO dan yig’ilgan Bugatti Chiron mashinasi

LEGO dan yig’ilgan Bugatti Chiron mashinasi

LEGO Technic jamoasi lego konstruktordan istalgan narsani to’plashi mumkinligini, hatto Bugatti Chiron kabi kuchli superkarni yig’ish mumkinligini isbotladi.

LEGO dan yig’ilgan Bugatti Chiron mashinasi to’liq original mashinaga o’xshaydi. G’ildiraklar va kompaniya logotipidan tashqari, avtomobil to’liq LEGO qismlaridan iborat.

Mashina qurilishiga Techno LEGO ning 1 milliondan ortiq detallari sarflangan va 13 ming soatni talab etdi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko’ra, mashina yopishtiruvchi narsalarsiz qurilgan va avtomobilning 90% dan ortig’i LEGO komponentlari hisoblanadi. Lego tomonidan ishlab chiqarilgan motor faqat 5,3 ot kuchiga ega.

Lekin asosiy yangilik avtomobil legodan qilinganligi emas, balki LEGO mashinani haydash mumkinligidir.

Mashinani sinovdan o’tkazish uchun rasmiy Bugatti piloti Andy Wallace taklif qilindi. Avtomobil 20 km/soat tezlikka erisha oldi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social