Londonda havodagi basseyn paydo bo`ladi

Londonda havodagi basseyn paydo bo`ladi

“Eckersley O’Callaghan” dizaynerlik kompaniyasi uzoq vaqt davomida dunyo bo`ylab Apple do`konlari uchun dizayn yaratgan va endilikda ular “Sky Pool” (osmondagi basseyn) loyihasi bo`yicha ishlash niyatidalar.

Yangi 25-metrlik basseyn London markazidagi Nayn-Elmz rayonida joylashgan “Embassy Gardens” uyining tomida joylashgan bo`ladi. “Xavodagi” basseynning hususiyati shundaki, u ikki binoni birlashtiradi va 35 metr balandlikda osilib turadi.

Mazkur basseynni 20 santimetrlik orgoynadan qilishmoqchi va ikki binoga o`rnatishmoqchi. Binolar har xil joylashgan va ularni birlashtirib basseyn qurish oson ish emas. Uchar basseynning qurilishi 2019-yilga kelib tugashi mumkin.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social