“Mening yangi raqamim” sayti ishga tushdi.

“Mening yangi raqamim” sayti ishga tushdi.

18 iyul kuni ochilgan Mynewnumber.uz saytida, MTS-O`zbekiston uyali aloqa operatori xizmatlari to`xtagani sababli, ko`plar o`z yaqinlarining, do`stlari va hamkasblari bilan bog`lanaolishmayapti. Shu bois, Mynewnumber.uz servisi ishga tushgan, bu servisda o`z yaqinlaringizning yangi nomerlarini topsangiz bo`ladi.

Loyixa mualiflari aytishicha – “O`zbekistondagi MTS aloqa operatori faoliyati vaqtincha to`xtatilgani sababli, ko`p odamlar o`z do`stlarining, tanishlari, uzoqdagi qarindoshlari va qolaversa ish va biznes bo`yicha kontaktlarining yangi raqamlarini topishda qiyinchilikga duch kelishmoqda. Bunday vaziyat raqam o`zgarganda ro`y beradi”.

Odamlarga bir birini topish maqsadi bilan servis yaratilgan edi, ushbu servisga o`zingizni eski raqamingizni kiritasiz va shundan keyin yangi raqamingizniyam ma`lumotlar omboriga kiritishingiz kerak bo`ladi. Ma`lumotlar ombori loyihaning foydalanuvchilari bilan to`ldiriladi.

“Mening yangi raqamim” sayti Mynewnumber.uz domenidan kirish mumkin bo`ladi, hamda Mynewnumber.ru adres orqali ham amalga oshirish mumkin.

Bu ma`lumotni saytga joylashtirayotgan vaqta ma`lumotlar bazasida 500 ga yaqin raqamlar bor edi.

Saytining salbiy taraflariga shuni aytib o`tish kerakki, birinchidan loyiha mualliflari va bu servisni tashkil qilganlar haqida ma`lumotlar yo`qligi, ikkinchidan esa foydalanuvchilarning ma`lumotlari xavfsizligi haqida xech qanday ma`lumot berilmagan.

Shu sabab biz, saytimiz o`quvchi daavrasiga oldin o`ylab ko`rishlarini maslaxat berardik. Agar sizning ma`lumotlaringiz, telefon raqamlaringiz ko`pchilik ommaga ma`lum bo`lishini istamasangiz, o`z yaqinlaringizning uyali telefon raqamlarini bilishning yanada boshqada yo`llarini topishingiz mumkin. Axir xozir buning imkoniyatlari judayam ko`p, qolaversa hozirgi kunda bizda internet juda yaxshi rivojlangan.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    zor uylab topishdiyu,lekin shu sayt foydalanuvchilar xale kam ekan

  2. юзер

    бу сайтга ишонишши кераги йук, хеч кандай маълумоти йук

  3. Juma

    xa leviy saytga uxshaydiyu

  4. Номаълум

    sayt zor uylab topishdiyu,ammo qiritilgan raqamlar kam ekan!menimcha xale xamma abonentlar bilishmaydi shu sayt haqida

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social