Mo`jizaga ishonasizmi?

Mo`jizaga ishonasizmi?

Hayotimiz maboynida biz bilan juda qizziq hodisalar ro`y beradi, hatto o`zimiz ham bunga ishonishimiz qiyin bo`lib qoladi. Ammo biz bilamizki, shunday hodisalar ham bo`ladiki, ularni inson zoti tushuntirolmaydi. Insonlar bu hodisalarni o`zgacha qabul qilishadi, shu bilan bir qatorda bu hodisalarga o`zgacha yondashishadi. Kimdir buni mo`jiza deyishi mumkin, kimdir esa bunga oddiy tasodif deb qaraydi. Lekin insonlar bu hodisalarni qanday qabul qilishidan qattiy nazar, bunday hodisalar hayotimizda davom etib kelmoqda va bizni hayratta qoldirmoqda.

Qachonki biz mo`jiza bilan duch kelganimizda, biz ixtiyorsiz tarzda diniy ishonch jabhasiga kiramiz. Misol uchun biz mo`jizani  –  g`ayritabiiy mo`jiza deb aytishimiz mumkin. Bizga hatto bu hodisa Xudo orqali bo`layotgandek tuyulishi mumkin. Shu erda din akidalari darxol o`zlarining fikrlari bilan qo`shilib, hamma hodisalar faqat Xudoning irodasi bilan bo`ladi, hech bir narsa tasodifan bo`lmaydi, hamma narsa faqat U orqali bo`ladi deb bizlarni ishontirishga harakat qilishadi.

Ya`ni, diniy ko`z qarashdan mo`jiza – bu Xudoning borligini isbotlovchi hodisa. Shunga o`xshash ko`p hodisalarga Eski va Yangi axdlarda ta`rif berib o`tilgan. Mo`jizalarning har qanchon va hamma joyda bo`lib o`tishi haqida ko`rsatuvchi yozuvlar mavjud.

O`zi aslida nima bo`ladi? Mo`jiza ro`y beradimi yoki yo`qmi? G`ayritabiiy hodisalar yuz beradimi yoki yo`qmi? Olimlarning aytishicha, bu hodisalarni mo`jiza deb qabul qilishimiz uchun, biz ilmiy ko`z qarashni esdan chiqarishimiz kerak bo`ladi.

Mening hayotimda juda ko`p mo`jizalar bo`lib o`tgan, men bunga ishonaman va hech qachon uyalmayman. Chunki bular mening hayotimni o`zgartirishga ta`sir qilgan. Bularning orasidan birgina bir mo`jizasi shuki, yoshligimda menda har doyim bir his tuyg`u bor edi. Bu tuyg`u hamisha menga biror bir xavf xatarni oldindan bildirib turardi, yoki bo`lmasa biron bir ishni qilishdan oldin, bu ish yomon oqibatlarga olib kelishini sezdirib turardi. Albatta bu faqatgina bir tuyg`u yoki instinkt bo`lishi mumkin, lekin bu hodisalar har doyim ro`y berardi va bu menga har doyim mo`jiza bo`lib qoladi. Ishonamanki har birimizning hayotimizda mo`jizalar bo`lib turadi. Sizchi, mo`jizaga ishonasizmi? Sizning hayotingizda ham mo`jiza bo`lganmi?

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Mirshohid

    Yashashni o’zi bir mo’jizakuu

  2. Amirxon

    To’g’ri aytasiz, shu dunyoda paydo bo’lganimiz o’zi mo’jiza, lekin ko’p insonlar shunga rahmat ham deyishmaydi…

  3. Gulli

    Ajoyib maqola moʻjizaga albatta ishonaman

  4. Gulli

    Hayotdaligimiz birmojizaku tog’romasm I?

  5. Gulli

    Bizning ozimiz oilamiz bor ekanligi erkatoy ekanligim man uchun mojiza

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social