“Muzokaralar davom etmoqda”. O‘zbekiston Ilon Maskning Starlink loyihasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda

“Muzokaralar davom etmoqda”. O‘zbekiston Ilon Maskning Starlink loyihasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegishli Starlink internet sun’iy yo‘ldoshlari O‘zbekiston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Bu haqda “O‘zbekkosmos” agentligi boshqarma boshlig‘i Muhiddin Ibragimov “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov bilan suhbatda ma’lum qildi.

Uning aytishicha, agentlik rahbariyati Maskning Starlink internet sun’iy yo‘ldoshlari bilan hamkorlik qilish maqsadida ularga aloqaga chiqqan va loyiha xodimlarini O‘zbekistonga taklif qilishgan.

“2021-yilning iyun oyida delegatsiya vakillari yurtimizga tashrif buyurdi va mazkur texnologiyani O‘zbekistonda tatbiq etish bo‘yicha ilk kelishuvga erishdik. Muzokaralar davom etmoqda. Chunki har bir davlatning o‘z qonun-qoidalari mavjud.

Joriy yilning 10–11-may kunlari Toshkentda agentlik tomonidan Markaziy Yevrosiyo mintaqasida ilk bor xalqaro kosmik texnologiyalar konferensiyasi (STC-2022) bo‘lib o‘tadi. Ushbu yirik konferensiyada SpaceX kompaniyasining Starlink loyihasi delegatsiyasi ham qatnashadi va kelishuvning keyingi bosqichini o‘tkazamiz. Bundan tashqari, bir qator internet sun’iy yo‘ldoshlari vakillari ham ishtirok etadi”, — deydi Muhiddin Ibragimov.

Ta’kidlanishicha, o‘tkazilishi rejalashtirilgan STC-2022 konferensiyasida AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Monako, Kanada, Shvetsiya, Finlyandiya, Hindiston, Turkiya, BAA, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston singari ko‘plab mamlakatlardan ham delegatsiya vakillari kelishi kutilmoqda.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Mansur

    smile oooo tezkor internet! bizadayam unaqa narsala buladimi rofl

  2. Odil

    nimaaaaa?

  3. Asalya

    ureeeee

  4. Boburmirzo

    yaxshi xabar, raxmat good

  5. Tohir

    unknw nima bu uzi?

  6. Nazokat

    good raxmat!

  7. To'maris

    yes

  8. Y

    zur good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social